Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin boʻladi. Tegishli Nizom 18.10.2023 yildagi 548-son VMQ bilan tasdiqlangan.
Hisobotni avtomatik tarzda shakllantirish variantini tanlaganlar uchun bu shunday ishlaydi:
1. Soliq organlari dastur yordamida ichki va tashqi manbalardan ma’lumotlarni yigʻishadi va umumlashtirishadi:
- QQS va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha – hisobot oyidan keyingi oyning 11-sanasiga qadar;
- yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha – joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar;
- qishloq xoʻjaligi uchun yer soligʻi boʻyicha – joriy soliq davrining 10 apreliga qadar.
2. Soliq organlarining dasturi soliq toʻlovchilarning soliq hisobotlarini – ularni shakllantirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni yigʻish tugaganidan soʻng 1 kun mobaynida avtomatik tarzda shakllantiradi.
3. Soliq organlari soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlariga avtomatik rejimda tuzilgan soliq hisobotlarini – soliq hisobotlarini shakllantirish tugagan paytdan e’tiboran 1 kun mobaynida yuboradi.
4. Soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili ushbu soliq hisobotlarini koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlaydi yoki oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadi, soʻngra – muayyan soliq turi boʻyicha soliq hisobotini topshirish uchun Soliq kodeksida belgilangan muddatda soliq organlariga yuboradi.
Nizomning asosiga 2022 yilda Xorazm viloyatida oʻtkazilgan tajriba-sinov asnosida orttirilgan tajriba kiritilgan. Soliq toʻlovchilar professional hamjamiyatlarda Soliq qoʻmitasidan turli vaziyatlarda har bir soliq kesimida hisobotlar qay tarzda shakllantirilishi borasida batafsil yoʻriqnomalar, videosharhlar olinsa ayni muddao boʻlishini muhokama qilishmoqda. Boshqa savollar ham yuzaga kelmoqda, misol uchun: ushbu xizmatni qayerda va qanday tanlash kerak boʻladi; soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotlarini qoʻlda toʻldirishga qaytishi mumkinmi. Regulyatorning tushuntirishlari soliq ma’muriyatchiligining yangi texnologiyasini tushunish va ommalashtirishga koʻmaklashadi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()