Germaniyaning rezidenti daromadlaridan JShDS qanday hisoblab chiqariladi

preview

“Agar chet ellik ta’sischimiz (Germaniyaning rezidenti) bizga yillik 14% ostida qarz bersa, biz ushbu foizlardan 10% JShDS ushlab qolamizmi? Unda JShShIR mavjud. Ushbu hisoblashlarni JShDS boʻyicha hisobotda koʻrsatish kerakmi yoki dividendlar va foizlar hisobotidami?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Germaniyaning rezidenti boʻlgan chet el jismoniy shaхsi daromadiga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻptasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim (Berlin, 1999 yil 7 sentyabr, 2001 yil 14 dekabrdan kuchga kirgan) qoidalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Foizlar tarzidagi daromadlarga Oʻzbekistonda 5% pasaytirilgan stavka boʻyicha soliq solinishi lozim .

Quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilgan taqdirda bunday stavkani qoʻllash mumkin:

  • mazkur jismoniy shaхsning Germaniyada soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlsa ;
  • oluvchi ushbu daromadga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega boʻlgan shaхs hisoblanishining tasdigʻi boʻlsa .

Agar ushbu ikkita shart bajarilmasa, foizlar tarzidagi daromadga toʻlov manbaida 10% stavka boʻyicha soliq solinishi lozim .

Norezidentga daromad summasi tegishli stavka boʻyicha soliq ayirilgan holda toʻlanadi.

Misol
Foizlar summasi – 100 000 sh. b. 10% stavka boʻyicha soliq 10 000 sh. b.ni tashkil etadi. Toʻlanadigan summa – 90 000,00 sh.b.

Agar chet ellik Oʻzbekistonning rezidentiga aylansa, foizlar tarzidagi daromaddan olinadigan soliq stavkasi 5%ni tashkil etadi .

Ikkala vaziyatda JShShIR mavjud boʻlgan taqdirda 10202_9-kodi boʻyicha “Dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq” shakli toʻldiriladi.

Hisobot shaklini qanday toʻldirish haqida ekspertlarning tushuntirishlarini misollar bilan bizning quyidagi tavsiyamizda oʻqing:

 

 

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text194249_germaniyaning_rezidenti_daromadlaridan_jshds_qanday_hisoblab_chiqariladi