Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
17 noyabr kuni Prezident tomonidan Farmon imzolandi
, unga asosan 1 dekabrdan boshlab ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, MHEKM va BHM ham oshiriladi.
2023 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi miqdorlar belgilanadi:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 ming soʻmni (hozir – 347 ming soʻm);
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 725 ming soʻmni (677 ming soʻm);
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) – oyiga 1 mln 50 ming soʻmni (980 ming soʻm);
- bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 340 ming soʻmni (330 ming soʻm) tashkil etadi.
MHEKM mehnatga oid munosabatlar sohasida qoʻllaniladi. Belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimlar mehnatiga haq toʻlashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnatga oid munosabatlardan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
BHM soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari miqdori, litsenziyalar qiymati va boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblab chiqarish uchun qoʻllaniladi. Batafsil...
![]()