Saqlash shartnomasi E-ijara platformasida qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi

preview

Ba’zida kompaniyaga qoʻshimcha bino kerak boʻlishi mumkin – masalan, xomashyoni saqlash uchun. Omborni ijaraga olish arzon emas va har doim ham qulay emas, shuning uchun saqlash shartnomasi tuziladi. Shuni hisobga olish muhimki, bunday shartnomani ham E-ijara platformasida roʻyxatdan oʻtkazish lozim.

Bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling va birinchi boʻlib mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻqing.

 

Saqlash shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmasa, nima boʻlishi mumkin

Aytaylik, soliq toʻlovchi tovarlarni sotib oldi va unda bunday hajmdagi tovarlarni saqlash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan oʻzining yoki ijaraga olingan binolari mavjud emas. Bu holatda soliq organlarining tahlika-tahlil tizimi uni avtomatik ravishda qizil zonaga kiritadi. Natijada tadbirkorlik sub’yekti tekshirish uchun nomzod boʻladi. Soliqchilar tadbirkordan sotib olgan mol-mulkini qayerda saqlayotganini soʻraganida, agar uning na oʻzining, na ijaraga olingan binolari boʻlmasa,  tadbirkor saqlash shartnomasini taqdim etadi.

Insofli tadbirkorlar yuqoridagi vaziyatdagi kabi tahlika-tahlil tizimlarida qizil zonaga tushib qolmasligi uchun E-ijara platformasida saqlash shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati yaratildi. E-ijara platformasida hisobga qoʻyilgandan soʻng, tovarni saqlash uchun joylashtirgan shartnoma tarafi ushbu asos boʻyicha qizil zonadan chiqariladi  va "yashil» zonada belgilanadi.

Shuning uchun saqlash shartnomalarini ijara.soliq.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazish lozim.

E’tibor bering

Mijozning tovar-moddiy boyliklarini saqlash uchun qabul qilib oladigan tadbirkorlik sub’yekti saqlash shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazadi.

 

Saqlash shartnomasi ijara.soliq.uz saytida qanday roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak

1. Soliq toʻlovchining ERIsi yordamida ijara.soliq.uz saytiga kiring.

2. «Saqlash boʻyicha xizmatlar (ombor)»ga bosing.

3. «Foydalanishga berilayotgan koʻchmas toʻgʻrisida ma’lumot» boʻlimini toʻldiring.

Mijozingizning mol-mulki saqlanadigan ob’yektning kadastr raqami tanlangandan soʻng, qoʻshimcha satrlar ochiladi. Ularni toʻldirish uchun shartnomadan quyidagi ma’lumotlarni koʻchirish kerak: shartnomaning amal qilish muddati, «Boshlanish sanasi» va «Tugallanish sanasi», «Maydon», saqlash boʻyicha xizmatlar qiymati. Maydon koʻrinishi (bino yoki yer) avtomatik aks etadi. 

4. «Buyurtmachi toʻgʻrisida ma’lumot» boʻlimini toʻldiring. Sizdan faqat mijozingiz jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligini va shunga qarab – uning STIR yoki JShShIRni koʻrsatish talab qilinadi. Qolgan ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda tortib olinadi.

 

5. «Joʻnatish» tugmasini bosing.

Shundan soʻng saqlash shartnomasi roʻyxatga olingan hisoblanadi.

 

Shuningdek, «Koʻchmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida qanday hisobga qoʻyiladi» tavsiyasida batafsil yoʻriqnomani oʻqib chiqishni maslahat beramiz – unda ijara.soliq.uz platformasidagi turli vaziyatlar boʻyicha tushuntirishlar jamlangan:

– ijara.soliq.uz orqali koʻchmas mulk ijara shartnomasini hisobga qoʻyish;
– subijara shartnomalarini hisobga qoʻyishning oʻziga xos xususiyatlari;
– lizingga olinadigan va operativ boshqaruvda boʻlgan binolarni ijaraga berish shartnomalarini hisobga qoʻyishning oʻziga xos xususiyatlari;
– norezidentlar bilan tuzilgan koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari;
– koʻp kvartirali uyning chordoq, yertoʻla va boshqa yashash uchun moʻljallanmagan joylarini ijaraga berish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari;
– yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari;
– TMZ saqlash shartnomasi boʻyicha omborda saqlangandagi harakatlar;
– dastlabki ijara shartnomasini (yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’yekti bilan tuzilgan shartnomani) roʻyxatdan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari;
– talaba bilan uy-joy ijarasi shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish;
– ijara.soliq.uz saytida ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish.

 

 

Yuliya Tarshilova tayyorladi

 

E-ijara E-ijara E-ijara /oz/publish/doc/text194627_saqlash_shartnomasi_e-ijarada_qanday_ruyhatdan_utkaziladi