TSOYaEATda dalolatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish muddatlaridagi oʻzgarishlar

preview

24.10.2023 yildagi 560-son VMQga asosan TSOYaEATda tizimida xizmatlar eksporti va importi boʻyicha dalolatnomalarni (ma’lumotlarni) roʻyxatdan oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritildi. Ilgari u imzolangan kundan boshlab 1 kunni tashkil etgan. Bunday qisqa muddat kompaniyalar uchun noqulay boʻlgan, sababi imzolangan dalolatnomalar har doim ham chet ellik hamkorlar tomonidan 1 kun mobaynida taqdim etilmagan. Koʻpincha kechikish va potensial jarimalar xavfi yuzaga kelgan.

TIF-operatsiyalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishning yangi muddatida amaliyotchi buxgalterlar yana nimaga e’tibor berishlari maqsadga muvofiqligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Profi Training biznes-treneri, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha ekspert Aleksandra TOLMAChYoVA gapirib berdi.

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Hozirgi vaqtda xizmatlar eksporti-importi boʻyicha dalolatnomalarni (ma’lumotlarni) roʻyxatdan oʻtkazish muddati xizmatlar eksporti-importi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan hisobotlarni topshirish muddatlariga muvofiq keltirildi.

Bu haqda biz quyidagi materialda yozganmiz:

 

Misol uchun, kompaniyalar xizmatlar importi boʻyicha ikkita hisobot topshiradi: norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq (elektron hisobotda soliq kodi – 137) va xizmatlar importi uchun QQS (elektron hisobotda soliq kodi – 29).

Xizmatlar eksporti-importi boʻyicha dalolatnomalarni endi dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazish lozim, bu yuqorida koʻrsatilgan hisobotlarni topshirish muddatlariga muvofiq keladi.

Soliq organlari topshirilgan hisobotni TSOYaEATga kiritilgan axborot bilan tahlildan oʻtkazadi va tafovutlar aniqlangan taqdirda tashkilotning shaxsiy kabinetiga xat yuboradi.

Xizmatlar eksporti bilan bogʻliq vaziyatda, umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan kompaniya QQS boʻyicha hisobot topshiradi (elektron hisobotda soliq kodi – 1), uni taqdim etishning soʻnggi muddati dalolatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish muddatiga muvofiq keladi. Agar kompaniya aylanmadan olinadigan soliqni toʻlasa (elektron hisobotda soliq kodi – 100), hisobotni topshirish muddati – har oyning 15-sanasidan kechiktirmay.

Tavsiya qilamiz
TSOYaEAT tizimida dalolatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishning soʻnggi muddatlarini kutmang – xizmatlar eksporti boʻyicha dalolatnomalarni dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar kiriting.

 

Dalolatnomalar toʻgʻri aks ettirilganligi, valyuta kontraktlari boʻyicha toʻlov va saldoning toʻgʻriligini mustaqil ravishda my.gov.uz saytidagi «Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish» servisi yordamida quyida koʻrsatilgan tarzda tekshirish mumkin.

 

 

Tavsiya qilamiz
Yillik moliyaviy hisobotni yopishdan oldin my.gov.uz saytida barcha amaldagi eksport-import kontraktlari boʻyicha saldoni kompaniyaning buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiring.

 

 

 

 

Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish /oz/publish/doc/text194670_tsoyaeatda_dalolatnomalarni_ruyhatdan_utkazish_muddatlaridagi_uzgarishlar