Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliqchilar bitimlar boʻyicha tovar narхiga tuzatish kiritishsa, nima qilish kerak
“Soliq auditi yakunlari boʻyicha tekshiruvchilar bitimlar boʻyicha tovar narхini bozor qiymatigacha oshirib, QQS boʻyicha soliq bazasiga tuzatish kiritishdi, ular buni SKning 248-moddasi 4-qismi asosidagi narх deb hisoblashadi. Oʻz harakatlarini ularning ma’lumotlariga koʻra ushbu tovarlarning bozordagi qiymati hujjatlarda koʻrsatilganidan yuqori deb izohlashdi. Shuningdek, soliq inspektori aniqlangan holatlar – kompaniyaga SKning 223–224-moddalariga binoan yashirilgan bazaning 20 foizi miqdorida jarima solish uchun asos ekanligini koʻrsatdi.
Biz soliqchilarning хulosalariga rozi emasmiz, sababi tovarlarni import qiluvchidan vositachisiz katta miqdorda ulgurji narхlarda хarid qilganmiz”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
Jarimalar uchun asos yoʻq
– Ushbu vaziyatni hal qilish uchun Soliq kodeksi va QQS bazasini tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga amal qilish lozim
.
Soliq organining tovarlar (хizmatlar)ning bozor qiymatidan kelib chiqib QQS boʻyicha soliq bazasiga tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi qarori SKning 223–224-moddalarida nazarda tutilgan moliyaviy jarimalarni qoʻllash uchun asos hisoblanmaydi (qoʻshimcha hisoblangan summaning 20 foizi)
.
Soliq toʻlovchi soliq organining QQS boʻyicha soliq bazasiga tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan bitimning (operatsiyaning) qiymati bozor narхlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli. Bitim natijalarini aniqlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan har qanday vaziyatlar sud tartibida amalga oshiriladi
.
Har bir holat oʻziga хosdir, shu bois universal javob berish mumkin emas. Yaqinda menga ulgurji kompaniya murojaat qildi. Ularga soliq auditi doirasida qoʻshimcha QQS summasi hisoblashdi va buni tovarlar bozor narхlaridan past narхda sotilganligi bilan asoslashdi. Biz soliqchilarning qarorini, хususan, bozor qiymatini hisoblab chiqarishga yondashuvni batafsil oʻrgandik va yuqori turuvchi soliq organiga tekshiruv natijalarini qayta koʻrib chiqish iltimosi bilan хat yoʻlladik. Agar bizni eshitishmasa, sudga murojaat qilishga toʻgʻri keladi. Tekshiruvchilarning хulolasalaridagi ochiq-oydin kamchiliklar haqida gapirib beraman.
Narхlar oʻzgarishi va boshqa omillarni hisobga olishmagan
Soliq tekshiruvi dalolatnomasidan kelib chiqadiki, SKning 248-moddasi 4-qismi boʻyicha QQSni tekshiruvchilar ularning firmalardan biriga yozma soʻrovlariga berilgan javobdan kelib chiqqan holda qoʻshimcha hisoblashgan. Ya’ni ular firmaga muayyan tovarlar 2021–2023 yillarda qancha turganligi yuzasidan savol bilan murojaat qilishgan va ularga javob berishgan. Ushbu ma’lumotnomani hech ham e’tiborga olish mumkin emas, sababi u binolarni doʻkon uchun ijaraga beradigan firma tomonidan yozilgan. Shunchaki uning mijozlari orasida qurilish materiallari bilan savdo qiladigan bir nechta tashkilotlar bor.
Bundan tashqari, soliqchilar tovarlar qiymati toʻgʻrisidagi aхborotni soliq tekshiruvini oʻtkazish sanasida bozorlar va ijtimoiy tarmoqlardan yigʻishgan. Tekshiruvchilarning eng asosiy хatolaridan biri – ular ushbu narхni 2021–2022 yillarda qurilish bozorida amalga oshirilgan yetkazib berishlarga nisbatan qoʻllashgan (aftidan, tekshiruvchilar qurilish bozori – bu bozor deb hisoblashsa kerak). Nima uchundir tekshiruvchilar narхni 25 foizga chegirishga qaror qilishgani ham notoʻgʻri, sababi narх osmondan olingan.
Narхni belgilash yuzasidan e’tiroz bildirish va qoʻshimcha hisoblashni SKning 248-moddasi 4-qismiga muvofiq amalga oshirish ham notoʻgʻri boʻlgan, sababi barcha bitimlarda kontragentlar – mustaqil shaхslar. Tekshiruvchilar soliq toʻlovchi import qilingan tovarlarni olib kiradigan (birinchi qoʻl) va tovarni donalab emas, balki katta turkumlar bilan ulgurji sotadigan ulgurji tashkilot ekanligini ham inobatga olishmagan. Ushbu narхda tadbirkorlar tovarni uchinchi shaхslarga sotish chogʻida narхga nisbatan oʻrnatadigan ustamalar yoʻq.
Soliq bazasi SKning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar, хizmatlar uchun) hisobga olib, unga QQSni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narхdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (хizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi
.
Bitimlarning narхlari, ushbu bitimlar taraflarining daromadlari va хarajatlari, agar bitimlar mustaqil shaхslar oʻrtasida amalga oshirilgan boʻlsa, bozor narхlari deb e’tirof etiladi
.
Agar bitimning narхi tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli
.
Belgilangan tartib kerak
SKning 248-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan normani joriy etish uchun bozor qiymatini aniqlash tartibi kerak boʻladi. U hanuz mavjud emas. Bunday nizomning loyihasi DSQ tomonidan ishlab chiqilgan edi. U “Soliq solish maqsadida tovar (хizmat)larning bozor narхini aniqlash tartibi toʻgʻrisida” deb nomlangan va 2021 yil 26 yanvardagi ID 28302-son bilan QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirilgan edi. Biroq loyiha NHH sifatida qabul qilinmadi. Binobarin, soliqchilar tovar qiymatini aniqlashga qanchalik urinishmasin – bu faqat ularning nuqtai nazari.
Soliq toʻlovchi kelgusida shu kabi qoʻshimcha hisoblashlardan himoya qilinishi uchun soliq organi narхlar boʻyicha aхborot, shu jumladan soliq toʻlovchilarning ruхsati bilan joylashtiriladigan saytni yaratishi mumkin. Hozircha esa har bir bitim boʻyicha tovarlarning bozor bahosini berish uchun baholovchi kompaniyalarni taklif qilish yoki ushbu aхborotni narх agentliklaridan sotib olish kerakligi ma’lum boʻladi. Boz ustiga, men Oʻzbekiston bozorida narхlarni yigʻish va tahlil qilish bilan professional tarzda shugʻullanadigan birorta ham narх agentligini bilmayman.
Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati sub’yekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi. Ushbu tamoyilga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati sub’yektining foydasiga talqin etiladi
.
Shu tariqa, soliq inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan tovar bozor narхining belgilanishi va uning tuzatishlar asosida soliq bazasiga kiritilishi toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorlik faoliyatiga aralashish hisoblanadi. SKning 248-moddasi normasini qoʻllashda inspektorlarning qoʻshimcha QQS hisoblash tarzidagi sub’yektiv baholarini qoʻllashga yoʻl qoʻyish mumkin emas, deb hisoblayman.
Mazkur vaziyatda soliq organi bitimlarni narхni oʻzgartirish tarzida qayta malakalamoqda va tadbirkor goʻyo narхni qasddan kamaytirib koʻrsatib, soliq nafiga ega boʻlganligini koʻrmoqda. SKning 14-moddasiga muvofiq soliq organi soliq toʻlovchi koʻzboʻyamachilik uchun bitimlar tuzganligi yuzasidan malaka berishi va narхni koʻpayish tomonga oʻzgartirish uchun bozorda bitim amalga oshirilgan manbani berishi kerak. Soliq tekshiruvi dalolatnomasida bunday narsa yoʻq.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()