Nima uchun toʻlov topshiriqnomasida avvalgi bankning ma’lumotlari chiqyapti

preview

«Tashkilot boshqa bankka oʻtdi. Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida toʻlov topshiriqnomalarida eski bank chiqyapti.

Nima qilish kerak? Uni kim oʻzgartirishi lozim?»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni Soliq toʻlovchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi boshligʻi Komil SAYIDOV tushuntirdi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarning hisob ma’lumotlarini qoʻlda shakllantirmaydi, balki ularni tayyor elektron shaklda tegishli idoralardan oladi. Xususan, bank rekvizitlari Markaziy bankdan keladi. Bunday kechikishlar sababi esa – bank tizimi tomonida.

Tadbirkor bankni almashtirganda Markaziy bankning ma’lumotlar bazasidagi aхborot keyingi bank kunida yangilanadi. Ya’ni, bugun bankni oʻzgartirgan boʻlsangiz, ertaga sizda yangi bankingizning ma’lumotlari chiqadi.

Banklar tomonidan kam boʻlsa-da, aхborotni yangilashni choʻzib yuborish vaziyatlari uchrab turadi. Bu holda my.soliq.uzdagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda bank almashtirilgandan keyin 2–3 kun mobaynida eski ma’lumotlar chiqishi mumkin, keyin ular yangilanadi. Banklar ma’lumotlari asosida Markaziy bankning ma’lumotlar bazasi yangilanganidan soʻng yangi ma’lumotlar paydo boʻladi.

Shundan kelib chiqqan holda, soliq toʻlovchilar bir bankdan boshqasiga oʻtishni yaqin orada toʻlanadigan soliqning soʻnggi sanasidan 2–3 kun oldin rejalashtirishlari lozim.

 

 

 

 

Naqdsiz hisob-kitob Naqdsiz hisob-kitob Naqdsiz hisob-kitob /oz/publish/doc/text195404_nima_uchun_tulov_topshiriqnomasida_avvalgi_bankning_malumotlari_chiqyapti