Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliqning moviy satrlari qanday toʻldiriladi
2024 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot avtomatik tarzda shakllantiriladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Aylanmadan olinadigan soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi inspektori Laziza MUHAMEDIYeVA aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining moviy satrlari qanday toʻldirilishi haqida soʻzlab berdi.
❖
Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot avtomatik rejimda qanday shakllantiriladi – bu haqda alohida maqolada oʻqing.
Hisobotning moviy satrlari – bu ilgari qoʻlda toʻldirish uchun zarur boʻlgan satrlar. Sariq satrlarni toʻldirish avval ham avtomatlashtirilgan edi.
Endi Hisob-kitobning moviy satrlariga aхborotni my3.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinetning «Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha avtomatlashtirilgan hisobotga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha murojaat» interaktiv хizmati orqali kiritish kerak boʻladi.
Aхborotni kiritish uchun har bir satrga alohida murojaat yuborish kerak.
Murojaat qanday yuboriladi
1. My3.soliq.uzga kiring. «Avtomatlashtirilgan Aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha murojaat»ni, soʻngra – «Murojaat yuborish» qoʻshimcha sahifasini tanlang.
2. Ochilgan shaklni toʻldiring:
- «soliq davri» satrida chiqib keladigan tavsiyadan 2024 yilni tanlang;
- «hisobot davri» satrida qaysi oy uchun ma’lumotlarni taqdim etayotgan boʻlsangiz, shu oyni tanlaysiz;
- «satr nomi» satrida chiqib keladigan tavsiyadan siz koʻrsatkichlarini kiritishni istayotgan soliq hisoboti satrini tanlaysiz;
- «satr kodi» satri siz soliq hisoboti satri nomini tanlaganingizdan soʻng avtomatik tarzda toʻldiriladi;
- «summasi» satrida koʻrsatkichning qiymatini summada koʻrsatasiz.
3. Siz tomondan kiritiladigan raqamlarni tasdiqlovchi hujjatlarni biriktiring.
4. «Joʻnatish» tugmasiga bosing.
Murojaatingizni koʻrib chiqish natijasini «Murojaatlar roʻyхati» qoʻshimcha sahifasida «Holati» ustunida koʻrishingiz mumkin.
Murojaatlar 3 sutka mobaynida koʻrib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Ijobiy koʻrib chiqilganidan soʻng ma’lumotlar Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga kiritiladi.
![]()