9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2024 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalari miqdorini ikki baravar kamaytirishlari mumkin. Yangi tadbirkorlik sub’yektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ta’sischilar endi noturar joy binolarini izlashlari shart emas.
Prezidentning 09.01.2024 y. PF-8-son Farmoni bilan nazarda tutilgan bu va boshqa yangiliklar haqida batafsil buxgalter.uz saytida.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimaga tortilgan yuridik shaxs 2024 yil 1 martdan boshlab quyidagilarni toʻlash bilan cheklanish imkoniga ega boʻladi:
- jarima summasining 50%, agar uni belgilangan kundan boshlab 15 kun ichida toʻlasa;
- jarima summasining 70%, agar 30 kun ichida toʻlasa.
2024 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ta’sischining yashash joyini pochta manzili sifatida koʻrsatish mumkin boʻladi. Bugun amal qilayotgan tartib quyidagicha: ta’sischilar yangi tashkil etilgan korxona joylashadigan turar-joy boʻlmagan binolarni topishlari, bino egasi bilan boʻlajak ijara toʻgʻrisida kelishib olishi va u Ye-ijara tizimida erishilgan kelishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazguncha kutishlari shart.
Bundan tashqari, Prezidentning 09.01.2024 y PF-8-son Farmoniga muvofiq 2024 yil 1 martdan boshlab:
- 22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi;
- videoaloqa vositalari yordamida talabgorning litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun talab va shartlarga javob berishini masofadan turib baholashga ruxsat beriladi.
2024 yil 1 martdan 2025 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment sifatida rentgen uskunalarini ekspluatatsiya qilish va veterinar laboratoriya-tashxislash ishlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni boshlash uchun 3 oygacha moslashish va oʻtish davrini belgilaydigan maxsus «Litsenziyasiz biznes» rejimi joriy etiladi.
Chiqish turizmi xizmatlarini koʻrsatuvchi turoperatorlar uchun Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga 15 ming AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni kiritish majburiyati bekor qilindi. Buning oʻrniga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda majburiy xavf sugʻurtasi joriy etilmoqda.
Endilikda yuridik shaxslar transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun joyni oʻzlari tanlashlari mumkin (ilgari yuridik shaxslarning transport vositalarini tekshirish uchun joylarni Respublika YHXX belgilagan).
![]()