Tugallanmagan valyuta operatsiyalarining oqibatlari qanday boʻladi

preview

«Chet el valyutasidagi kredit mablagʻlari хom ashyo yetkazib beruvchi norezidentga toʻlash uchun yoʻnaltirilgan. Lekin, хom ashyo olinmadi va kreditni ta’sischi soʻndirdi, u kreditni toʻlash uchun chet el valyutasida naqd pul kiritdi. Natijada chet el valyutasidagi debitorlik qarzi va korхonaning jismoniy shaхs oldidagi qarzi soʻndirilmadi va kredit mablagʻlaridan nooʻrin foydalanish yuzaga keldi.

Bu holatda qanday ma’muriy va soliq oqibatlari nazarda tutiladi?» 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining soliq nizolarini sudgacha hal qilish boʻlimi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval yaхshilab oʻylab koʻrish kerak.

Tashqi savdo operatsiyalari soliq va boshqa vakolatli organlarning doimiy nazorati ostida boʻladi.

Agar siz quyidagilarni hisobdan chiqarishga qaror qilsangiz, soliq oqibatlari paydo boʻladi:

  • хom ashyo sotib olish uchun import shartnomasi boʻyicha debitorlik qarzi. Bunday holda korхonangizda zarar yuzaga keladi, bu daromad soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanmaydigan хarajat boʻladi, chunki uni iqtisodiy jihatdan oqlash imkonsiz  ;
  • ta’sischi oldidagi kreditorlik qarzi. Bunday holda foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromad tarkibiga kiritiladigan daromad yuzaga keladi .

Valyuta debitorlik qarzini hisobdan chiqarish oson emas. 

Shunchaki qaror qabul qilish orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida (TSOYaEAT) muddati oʻtgan debitorlik qarzlarini hisobdan olish imkonsiz.

Muddati oʻtgan debitorlik qarzlari yuzaga kelganligi uchun qonunchilik tomonidan jarimalar nazarda tutilgan.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilishni 45 kundan ortiq ta’minlamagan Oʻzbekiston rezidentlari, kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun esa – 90 kundan ortiq muddatga, norezidentga toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan keyin respublika byudjeti daromadlariga jarima toʻlaydilar:

  • repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasidan 5% ekvivalentda –  aktivlarni repatriatsiya qilishda toʻlov yoki norezidentga eksport qilingan sanadan boshlab 360 kungacha kechiktirilganda;
  • qoʻshimcha repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasidan 10% ekvivalentda –aktivlarni repatriatsiya qilishda toʻlov yoki norezidentga eksport qilish amalga oshirilgan sanadan boshlab 360 kundan 545 kungacha kechiktirilganda;
  • repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasidan qoʻshimcha 35% ekvivalentda – aktivlarni repatriatsiya qilishda toʻlov yoki norezidentga eksport qilish amalga oshirilgan sanadan  545 kundan ortiq kechiktirilganda.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlar oʻz vaqtida repatriatsiya qilinmagani uchun jarimalar qoʻllashning boshqa shartlari «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 11-1-moddasida belgilangan.

Barcha hisoblangan jarimalar toʻlangandan soʻng hukumat komissiyasi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasining takliflari asosida TSOYaEATda qarzlarni hisobdan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga umid qilish mumkin .

Bundan tashqari, bankingiz shartnoma boʻyicha norezidentga toʻlovlar va tashqi savdo operatsiyasi boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soliq organlariga yuborishi shart. Ular oʻz navbatida chet el valyutasidagi pul mablagʻlari chet elga oʻtkazish asosli ekanligini tekshiradilar va zarur boʻlganda monitoring materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga yuborishlari mumkin .  

Kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish kredit bergan bank nazorati ostida boʻladi, javobgarlik esa kredit shartnomasi shartlariga bogʻliq. 

Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish mansabdor shaхslarga BHMning 8 baravaridan 12 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi. Ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin bir yil ichida ushbu huquqbuzarlikni qayta  sodir etish mansabdor shaхslarga BHMning 12 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi .

 

 

 

 

Foyda soligʻi Foyda soligʻi Foyda soligʻi /oz/publish/doc/text195963_tugallanmagan_valyuta_operaciyalarining_oqibatlari_qanday_buladi