9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Respublikamiz fuqarosi xorijda daromad olsa, Oʻzbekistonda hisobot berishi kerakmi
«Oʻzbekiston fuqarosi xorijga ishlash uchun ketdi va boshqa mamlakat rezidentiga aylandi. U xorijda olgan daromadlari toʻgʻrisida Oʻzbekistonda hisobot berishi (daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyani topshirishi) kerakmi? Agar u boshqa mamlakat rezidentiga aylanmagan boʻlsa (ikki davlat oʻrtasida qatnaydi yoki Oʻzbekistondan masofadan turib ishlaydi), lekin xorijiy davlatda daromad olsa, Oʻzbekistonda hisobot berishi shartmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
❖
Shuningdek mana bu maqolani oʻqing: Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan chet ellik xorijdagi daromadi toʻgʻrisida hisobot topshiradimi.

– Har bir holatni alohida koʻrib chiqamiz.
1-vaziyat: Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatni tark etib, xorijiy davlat rezidentiga aylandi.
Har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekistondagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etadi.
Deklaratsiya Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga taqdim etiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq toʻlanmaydi
.
2-vaziyat: Oʻzbekiston fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlib qoladi va Oʻzbekistondan tashqaridagi manbalardan daromadlar oladi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlarga
, soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda soliq solinadi
.
Agar jismoniy shaxs Oʻzbekistondan tashqarida daromad olsa, unda jami daromad toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish majburiyati yuzaga keladi
.
Deklaratsiyada barcha daromadlar, shu jumladan soliq agenti tomonidan Oʻzbekistondagi manbalardan soliq ushlab qolingan daromadlar ham koʻrsatiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti daromadidan JShDS Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan boʻlsa, mazkur daromad manbai boʻlgan davlat bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma mavjud boʻlganda, toʻlangan soliq summasi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda soliq Oʻzbekistonda toʻlanganda hisobga olinadi
.
- Jismoniy shaxs agentlik shartnomasi boʻyicha chet eldan daromad olgan boʻlsa;
- Rossiya Federatsiyasi rezidentligi sertifikatining qogʻoz nusxasini qanday tekshirish mumkin.
Buxgalter Proda ekspertlar quyidagilarni batafsil tushuntirishdi:
![]()