Ishonchnomani «soʻm» oʻlchov birligi bilan rasmiylashtirish va qabul qilish mumkinmi

preview

«Tovarlarni olish uchun ishonchnomani rasmiylashtirishda xaridorlar tovarning har bir pozitsiyasini koʻrsatishni xohlashmaydi, ularga bitta satrda «Tovarlar assortimentda» deb yozish va «soʻm» oʻlchov birligini koʻrsatish qulayroq. Ilgari ishonchnomada «soʻm» oʻlchov birligini tanlash imkoniyati boʻlgan. Hozir bunday imkoniyat mavjud emas, faqat «xizmat (soʻm)» mavjud. Xaridorlar elektron ishonchnomalarni «xizmat (soʻm)» oʻlchov birligi bilan taqdim etishmoqda va «soni» ustunida tovar joʻnatiladigan miqdorga summani yozishmoqda.

Korxona xaridorlardan tovarlar uchun elektron ishonchnomani «xizmat (soʻm)» oʻlchov birligi bilan qabul qilishi mumkinmi?»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining QQS boshqarmasi boʻlimi katta inspektori Gulnoza QARShIYeVA javob beradi:

 

Mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Yoʻq, bunday ishonchnoma uni toʻldirishning belgilangan tartibi buzilgan holda rasmiylashtirilgan. Yetkazib beruvchi korxona xaridordan bunday ishonchnomani qabul qilishga haqli emas.

Oldi-sotdi shartnomasida tovarlar nomi, oʻlchov birliklari va soni koʻrsatilgan. Tovarlarni ularni olish uchun berilgan ishonchnomada aks ettirish shartnomaga muvofiq boʻlishi kerak.

Hozirgi vaqtda elektron hisobvaraq-fakturalar, shartnomalar va ishonchnomalarni Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga muvofiq toʻldirish tartibi amal qilmoqda . Har bir tovar MXIK uchun Katalogda muayyan oʻlchov birliklari biriktirilgan, ular tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida hujjatlarda koʻrsatiladi. Tegishincha, xaridor ham ishonchnomani rasmiylashtirishda sotib olinayotgan tovarlarni ularga berilgan MXIK va biriktirilgan oʻlchov birliklariga muvofiq koʻrsatishi kerak.

«Xizmat (soʻm)» va «xizmat (marta)» oʻlchov birliklari hujjat aylanishida faqat xizmatlar koʻrsatishda qoʻllaniladi:

  • «xizmat (soʻm)» – agar ularni alohida qismlarga boʻlish imkoniyati va zaruriyatisiz bir-biridan ajralmas oʻzaro bogʻliq jarayonlarni oʻz ichiga oladigan kompleks xizmat koʻrsatilsa (misol uchun, binolarni ta’mirlash xizmatlari);
  • «xizmat (marta)» – agar boshqa jarayonlardan alohida xizmat koʻrsatilsa va uni taqdim etish sonini hisobga olish mumkin boʻlsa (misol uchun, gilam yuvish xizmatlari, maslahat xizmatlari).

 

 

 

Soliq hisobi Soliq hisobi Soliq hisobi /oz/publish/doc/text196613_ishonchnomani_sum_ulchov_birligi_bilan_rasmiylashtirish_va_qabul_qilish_mumkinmi