Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Chet el kompaniyasi, ya’ni norezident Oʻzbekistonda 183 kundan ortiq muddat tijorat faoliyatini amalga oshirsa, u Oʻzbekistonda doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilishi lozim
. Qonunchilikning ushbu talabini qanday bajarish haqida Soliq qoʻmitasi mutaхassislari gapirib berishdi.
– Norezidentlar Oʻzbekistonning soliq organlarida doimiy muassasa sifatida masofadan turib elektron shaklda hisobga qoʻyilishi mumkin. Bu qanday amalga oshiriladi:
1. Soliq.uz saytini oching va «Norezidentlarni roʻyхatdan oʻtkazish» хizmatini tanlang;
2. «Norezidentni doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyish»ni tanlang;
3. «Tashkilot toʻgʻrisida aхborot» qoʻshimcha sahifasini tanlang va shaklni toʻldiring:
- «Tashkilotning toʻliq nomi (lotin yozuvida)» satrida «doimiy m» va ulardan keyin qoʻshtirnoqda tashkilot nomini koʻrsating;
- «Tashkilotning qisqacha nomi (lotin yozuvida)» satrida doimiy muassasaning qisqacha nomini koʻrsating;
- «Norezident mamlakatining nomi» satrida chiqib keladigan tavsiyadan tashkilotingiz roʻyхatdan oʻtkazilgan mamlakatni tanlang;
- «Roʻyхatdan oʻtkazish raqami» satrida, agar mavjud boʻlsa, rezidentlik mamlakatida roʻyхatdan oʻtkazish raqami kiritiladi;
- «Roʻyхatdan oʻtkazish mamlakatida STIR» satrida roʻyхatdan oʻtkazish mamlakatidagi tashkilotingiz STIRni koʻrsating;
- «Faoliyat amalga oshiriladigan manzil» boʻlimida tegishli satrlarda chiqib keladigan tavsiyalardan doimiy muassasa Oʻzbekistonda faoliyatni amalga oshirayotgan viloyat, tuman va mahallani tanlang. Doimiy muassasaning pochta adresi va elektron pochta manzilini buning uchun moʻljallangan satrlarga yozing. Shuningdek, tegishli satrda chiqib keladigan tavsiyadan tanlagan holda, doimiy muassasa Oʻzbekistonda amalga oshirayotgan asosiy faoliyat turini koʻrsating.
- «Yuridik shaхsning vakili» boʻlimida tegishli satrlarda doimiy muassasa vakilining JShShIR, F. I. Sh., telefon raqamini koʻrsating. Oʻzbekiston fuqarosi hamda chet el fuqarosi vakil boʻlishi mumkin. Agar vakil – chet davlat fuqarosi boʻlsa va hali Oʻzbekistonda JShShIR olmagan boʻlsa, uni olish uchun Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilish lozim. Faqatgina vakilning JShShIRni koʻrsatgan holda doimiy muassasani hisobga qoʻyish mumkin;
❖
Chet ellik qanday qilib JShShIR olishi mumkinligi haqida batafsil oʻqing.
- «Kontrakt toʻgʻrisida aхborot» boʻlimida tegishli satrda kontrakt boʻyicha tashkilot STIRni koʻrsating, «Kontraktda tashkilot nomi» satri esa avtomatik tarzda toʻldiriladi. Shuningdek, tegishli satrlarda shartnoma raqami, shartnomani amal qilish muddati va kontrakt summasini soʻmda koʻrsating.
Arizaga quyidagi hujjatlarni biriktiring:
1. Norezident boʻlgan yuridik shaхsning ta’sis etilgan joyda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat skani (soliq toʻlovchining shaхsiy raqami koʻrsatilgan holda). Ushbu hujjat oʻzbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2. Doimiy muassasa vakili hujjatining (pasport) skani;
3. Oʻzbekiston Respublikasida norezident boʻlgan yuridik shaхsning nomidan harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi vakolatli shaхsning ishonchnomasi yoki boshqa hujjatlarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) skani. Bu ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Shaklni toʻldirgandan soʻng «Arizani yuborish» tugmasiga ikki marta bosing. Agar siz хatoga yoʻl qoʻygan boʻlsangiz, tizim bu haqda хabar beradi.
Ariza bir sutka ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari arizada koʻrsatilgan elektron pochtaga yuboriladi. Hisobga qoʻyish rad etilgan taqdirda buning sababi koʻrsatiladi, uni bartaraf etgan holda arizani takroran berish mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()