«Oʻzbekistonda mahalliy yuridik shaxsdan bino ijaraga olgan xorijiy kompaniyaning vakolatxonasi maydonlarning bir qismini subijaraga bera oladimi? Buning soliq oqibatlari qanday boʻladi?»
Buxgalter.uz ning iltimosiga koʻra, savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
Oʻtgan haftada soliq maslahatchisi, “ ICONSULTANT” MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA u – bir nechta chet el kompaniyalarining ta’sischisi ekanligini aniqladi. Garchi haqiqatda u faqatgina ushbu kompaniyalarning doimiy muassasalariga soliq hisobini yuritish boʻyicha xizmatlar ...
Chet el kompaniyasi, ya’ni norezident Oʻzbekistonda 183 kundan ortiq muddat tijorat faoliyatini amalga oshirsa, u Oʻzbekistonda doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilishi lozim . Qonunchilikning ushbu talabini qanday bajarish haqida Soliq qoʻmitasi mutaxassislari gapirib berishdi.
Muhim ...
«Tashkilot uskunani xarid qilish va uskunani ishga tushirish-sozlash va oʻrnatish boʻyicha xizmatlarga doir import kontraktini tuzmoqchi. Kontrakt 2023 yilning dekabr oyida tuziladi, uskunani yetkazib berish esa faqatgina 2026 yilda amalga oshiriladi. Uskuna yetkazib berilganidan soʻng sotuvchi-kompaniyaning xodimlari tomonidan Oʻzbekiston hududida ishga tushirish va sozlash amalga oshiriladi. Xizmat koʻrsatish davri – 183 kundan ortiq. OʻzR SKning 36-moddasiga asosan xizmat doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladi.
Chet el kompaniyasi qachon DMni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak? Import kontrakti tuzilganidan soʻng 30 kun mobaynidami yoki uskuna yetkazib berilganidan keyin xizmat koʻrsatishni boshlash fakti boʻyichami, ya’ni 2026 yildami?»
Buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Olga BUSAROVA tushuntiradi: ...
“Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonning rezidentiga buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatadi. Rezidentlik toʻgʻrisida sertifikat mavjud.
Oʻzbekiston hududida Rossiya kompaniyasidan xodimlar mavjud emas, shuningdek Rossiya kompaniyasining shtatida Oʻzbekistondan rezidentlar yoʻq. Barcha xizmatlar masofadan turib koʻrsatiladi.
9 oy mobaynida xizmatlar koʻrsatib kelayotgan RF kompaniyasi Oʻzbekistonda DMni roʻyxatdan oʻtkazishi lozimmi?”
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasi Soliq solish uslubiyati departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob berdi: ...
Doimiy muassasa mustaqil yuridik shaxs emas, biroq soliq organlarida hisobga qoʻyilganidan soʻng soliq maqomini oladi. Oʻzbekistonda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida doimiy muassasa konsepsiyasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan asosiy qoidalarni oʻz ichiga oladi, ammo ayrim oʻziga xos xususiyatlar ham mavjud. Ayniqsa Oʻzbekiston bozoriga ilk marta kirayotgan kompaniyalar ushbu oʻziga xos xususiyatlarga e’tibor qaratishlari muhimdir.
Oʻzbekistonda doimiy muassasalar konsepsiyasining oʻziga xos xususiyatlari haqida buxgalter.uz oʻquvchilari uchun Oʻzbekistondagi Deloitte kompaniyasi eksperti Aynash ALPEISOVA gapirib beradi. ...