9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Uskunani kapital ta’mirlash xarajatlarini tannarxga teng maromda taqsimlash mumkinmi
“Kimyo sanoati – korxonamiz shu sohada faoliyat yuritadi. Har yili asbob-uskunalar toʻxtatib turilgan holda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Mahsulot tannarxini teng maromda shakllantirish uchun ta’mirlash boʻyicha barcha xarajatlarni keyinchalik mahsulot tannarxiga taqsimlagan holda, kelgusi davr xarajatlariga olib borish mumkinmi?”
Savolga “Norma” eksperti Shuhrat XUDOYNAZAROV javob beradi:
– Vaziyatning ta’rifidan toʻxtatib turib ta’mirlash har yili amalga oshirilishi oydinlashadi, shu bois 5-son BHMS qoidalari asosida ushbu xarajatlarni kelgusi davrlarga oʻtkazish lozim emas. Soliq kodeksi ham shuni talab qiladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash – bu agregatni qismlarga toʻliq ajratib amalga oshiriladigan ta’mirlash, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash, agregatni yigʻish, sozlash va sinab koʻrish
.
Ob’yektni ishchi holatida tutib turish va undan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydaning belgilangan boshlangʻich summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar ular taalluqli boʻlgan hisobot davridagi xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarishdagi AVlarni ishchi holatida saqlab turishga doir xarajatlar (texnik koʻrikdan oʻtkazish va holatini yaxshilashga oid xarajatlar) hamda ishlab chiqarishdagi AVlarning barcha turdagi ta’mirlanishini (joriy, oʻrtacha, kapital tarzda) oʻtkazish xarajatlari mahsulotning (ishlar, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi, ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan asosiy vositalari boʻyicha esa – davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi
.
Soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi
.
Tannarx kalendar yil mobaynida oydan oyga birmuncha teng maromda shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirish mumkin.
1. Har yilgi toʻxtatib turish vaqtida ta’mirlash jumlasiga kirmaydigan boshqa ishlar bajarilayotganligi yoki bajarilmayotganligini aniqlang. Masalan, ta’mirlash ishlari bilan birga uskunaga keyingi har yilgi toʻxtatib turishga qadar sarflanadigan biror bir katalizator quyiladi (toʻldiriladi). Bunday holatda katalizator bilan bogʻliq xarajatlarni kelgusi davr xarajatlariga ajratish mumkin, sababi ushbu katalizator kelgusi mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflanadi.
2. Har yilgi ta’mirlashda detallar, agregatlar va uzellar roʻyxatida yildan yilga almashtirilsa, agregatlar (uzellar, detallar)ning oʻzi esa turli xizmat muddatiga ega boʻlsa, 5-son BHMSning 49-bandiga muvofiq, ularni mustaqil ob’yektlar jumlasidan alohida inventar ob’yektlariga ajrating. Bu holatda har bir mustaqil ob’yekt uchun ancha toʻgʻri amortizatsiya normasi belgilanadi, axir butun ulkan uskunadan foydalanish muddati doim alohida agregatlarning foydalanish muddatidan koʻp boʻladi. Almashtirish paytida ushbu mustaqil ob’yekt amortizatsiyalanishga ulguradi. Agar bunday ajratish hozir amalga oshirilmasa, bu kelgusida ham oʻz ta’siriga ega boʻladi.
Mustaqil ob’yektlarni alohida inventar ob’yektlarga ajratish chogʻida SKning 306-moddasida belgilangan amortizatsiyaning eng yuqori normalariga ham e’tibor berish lozim.
3. Agar korxona MHXSga oʻtgan boʻlsa, MHXS (IAS)ga asosan tashkilot AV ob’yektining balans qiymatiga bunday ob’yektni qisman almashtirish xarajatlarini ular yuzaga kelgan paytda kiritadi, basharti bu tan olish mezonlariga javob bersa. Bunda almashtirilayotgan qismlarning balans qiymati tan olishni bekor qilish qoidalariga muvofiq hisobdan chiqariladi
. Bu holda foyda soligʻi boʻyicha vaqtinchalik farqlar yuzaga keladi.
4. Oxirgi variant – nizoli va xatarli, biroq bu haqda aytib oʻtish lozim. Bu 3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotidan foydalanish. Bu holda buxgalteriya hisobida ham “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” (3210-schyot) yuzaga keladi. Shuni yodda tutish lozimki, ushbu ikkala schyot soliq davri, ya’ni kalendar yil oxirigacha yopilishi (saldoga ega boʻlmasligi) kerak.
![]()