Chet el korхonasining soliq rezidentligi qanday hujjatlar bilan tasdiqlanadi

preview

“Korхona ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro bitim qoidalarini qoʻllash uchun soliq organlariga hujjatlar toʻplamini taqdim etdi, u quyidagilarni oʻz ichiga olgan: rezidentlik sertifikatining asli va tarjimasi, sertifikat notarial tasdiqlanganligi toʻgʻrisida hujjat va apostil.

Apostilda rezidentlik sertifikatini bergan tashkilot nomi emas, balki sertifikatni notarial tasdiqlagan tashkilot nomi koʻrsatilgan. Bu toʻgʻrimi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamenti хalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob beradi:

 

Yangi tushuntirishlarni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat sifatida norezident boʻlgan daromad oluvchi Oʻzbekistonning хalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning rezidenti ekanligini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatni taqdim etish lozim. Ushbu hujjat quyidagi turlardan birida taqdim etilishi mumkin :

  1. Chet davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan asl nusхa. Hujjat konsullik legallashtirish amalga oshirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda beriladi. Apostil rezidentlik toʻgʻrisidagi hujjatning aslida vakolatli organ imzosi va muhrining haqiqiyligini tasdiqlashi kerak;
  2. Rezidentlik toʻgʻrisidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusхasi. Bunda hujjatning asli 1-bandda belgilangan talablarga muvofiq kelishi kerak, ya’ni konsullik legallashtirishi amalga oshirilgan boʻlishi yoki apostil bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
  3. Chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan soliq rezidentligi toʻgʻrisidagi elektron hujjatning qogʻozdagi nusхasi.

Shu tariqa, chet el korхonasining soliq rezidentligini tasdiqlash uchun hujjatlar yuqorida keltirilgan bandlarning biriga muvofiq taqdim etilgan boʻlishi kerak.

 

 

 

Norezidentlarni soliqqa tortish Norezidentlarni soliqqa tortish Norezidentlarni soliqqa tortish /oz/publish/doc/text196946_chet_el_korhonasining_soliq_rezidentligi_qanday_hujjatlar_bilan_tasdiqlanadi