Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Men yakka tartibdagi tadbirkorman. Savdo bilan shugʻullanaman. Tovarlarning aksariyat qismi sotilgan. Men pulni YaTT hisobraqamidan yechib olsam, dividendlardan olinadigan soliqni toʻlaymanmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
– «Dividendlar» tushunchasi SKning 41-moddasida belgilangan. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun foyda, ya’ni dividend keltirishi mumkin boʻlgan ustav fondiga hissa nazarda tutilmagan.
Yakka tartibdagi tadbirkorga soliq solish olingan daromaddan soliq toʻlanishini nazarda tutadi. Daromad jami daromad va chegirib tashlanadigan хarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi
.
Barcha soliqlar toʻlanganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkorning hisobraqamida qolgan pul mablagʻlari soliq solish maqsadlarida dividendlarga kiritilmaydi va qoʻshimcha soliq solinmaydi.
![]()