8 Martga sovgʻalar va mukofotlarni toʻgʻri rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar

preview

Mukofot toʻlashni rasmiylashtiramiz

Qonunchilikda tijorat tashkilotlari xodimlarini mukofotlash boʻyicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Kompaniyalar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini, moliyaviy holatini va rivojlanish maqsadlarini hisobga olgan holda xodimlarni ragʻbatlantirish tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda qoʻllash huquqiga ega.

Tavsiyalarda xodimlarni mukofotlash haqida hammasi:

 

Xodimalarga sovgʻalarni rasmiylashtiramiz

Sovgʻalar miqdori, qiymati va yetkazib beruvchilarini aniqlab olganingizdan  soʻng rahbar sotib olish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi kerak. Unda – sovgʻalarni sotib olish uchun qancha summada pul mablagʻlari ajratilganligi va ularni sotib olish hamda tarqatish uchun aynan kim mas’ul ekanligi koʻrsatilishi kerak.

Quyidagi tavsiyalar siz uchun foydali boʻladi:

 

Biznes-hamkor ayollarga sovgʻalarni rasmiylashtiramiz 

Siz biznes boʻyicha hamkorlaringizni, muhim mijozlarni, ta’sischilar – jismoniy shaxs yoki pensiyaga chiqqan sobiq xodimlarni tabriklayotgan boʻlsangiz, sovgʻa oluvchilarning roʻyxatini tuzing va uni buyruqqa ilova qiling.

Tavsiyalarda muhim jihatlar haqida oʻqing:

 

Bayram ziyofatini rasmiylashtiramiz  

Birinchi navbatda, rahbar bayram tadbirini tashkil etish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi va bayramni tashkil etadigan mas’ul ijrochini tayinlaydi: u joy qidirish, sovgʻalar, gullar va boshqalarni sotib olish bilan shugʻullanadi.

Bularning barchasi uchun quyidagi yoʻl bilan toʻlashingiz mumkin:

  • Ziyofatni tashkil qilish boʻyicha xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida pul oʻtkazish yoʻli bilan. Xarajatlar shartnoma, hisobvaraq-faktura, bank koʻchirmasi bilan tasdiqlanadi;
  • korporativ bank kartasi bilan. Xarajatlar onlayn-NKT cheklari bilan tasdiqlanadi.

Quyidagi tavsiya korporativ karta boʻyicha xarajatlarni toʻgʻri hisobga olishga yordam beradi:

Korporativ ziyofatni rasmiylashtirish uchun kerak boʻladigan hujjatlar

1. Bayram tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq.

2. Korporativ karta boʻyicha hisobot.

 

 

Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text197509_8_martga_sovgalar_va_mukofotlarni_tugri_rasmiylashtirish_uchun_kerakli_hujjatlar