9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga befarqlik uchun jarimalar ikki baravarga oshirildi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga fuqarolar va mansabdor shaxslar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazoni kuchaytiradigan oʻzgartirishlar kiritildi (13.03.2024 y. OʻRQ-919-son). Ushbu chora-tadbirlar yongʻinlar profilaktikasiga qaratilgan.
MJTKdagi oʻzgarishlar 2024 yil 15 iyundan kuchga kiradi. Buxgalter.uz tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul shaxslari uchun jarimalar miqdori qanday oʻzgarishi haqida qiyosiy jadval tayyorladi:
|
Ma’muriy huqubuzarlik |
MJTK moddasi |
2024 yil 15 iyungacha jarimalar miqdori |
2024 yil 15 iyundan jarimalarning yangi miqdori |
|
Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chogʻida yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish. Yongʻinga qarshi inventarlar, uskunalar, yongʻinni aniqlash va oʻchirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish |
211-modda 1-qism |
BHMning 1–3 baravari |
26.03.2024 yilga BHMning 3–7 baravari |
|
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa |
211-modda 2-qism |
BHMning 3–7 baravari |
BHMning 7–15 baravari 2 380 000–5 100 000 soʻm |
|
1-qismda nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa |
211-modda 3-qism |
BHMning 7–10 baravari |
BHMning 15–20 baravari |
|
Oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish |
84-modda 1-qism |
BHMning 10–15 baravari |
BHMning 10–15 baravari |
|
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa |
84-modda 2-qism |
– |
BHMning 15 –20 baravari |
|
Transportda belgilangan yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish |
BHMning 1–3 baravari |
BHMning 1–3 baravari |
Davlat yongʻin nazorati organlariga yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub’yektlariga ma’muriy javobgarlik choralarini bevosita qoʻllash huquqi berildi.
❖
Davlat yongʻin nazorati organining tekshiruvlarni oʻtkazish boʻyicha yangi vakolatlari va yuridik shaxslar uchun mustaqil audit oʻtkazish imkoniyatlari haqida «Yongʻin xavfsizligi xodimlari tekshiruv bilan kelishadi» maqolasida yozganmiz.
Yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar Yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan tartibga solinadi
.
Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Yongʻin xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi
.
❖
Yongʻin sodir boʻlsa va TMQning katta qismi yonib ketgan boʻlsa, buxgalter qanday yoʻl tutishi kerak.
![]()