Qaytarish rasmiylashtirilgan sotish cheklarida oʻlchov birligini qanday tuzatish mumkin

preview

“Qaytarish amalga oshirilgan chekda oʻlchov birligini tuzatishga harakat qilyapman. “Ma’qullandi” oʻrniga xato va chek qaytarish chekiga biriktirilganligi haqida xabar chiqmoqda. Qaytarish chekiga bogʻlangan sotish chekida oʻlchov birligini qanday tuzatish mumkin?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan “Yangi texnologiyalar” IAM Onlayn-NKT boʻlimi boshligʻi Elnor FOZILOV javob berdi:

 

Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– Faqat “Sotish” toʻlov turiga ega onlayn-NKM, virtual kassalar, marketpleyslar va toʻlov ilovalari cheklarida xatoni tuzatish mumkin. QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha navbatdagi soliq hisobotlari taqdim etilgunga qadar tuzatish kiritish amalga oshirilgan boʻlishi kerak. Ya’ni QQS toʻlovchilar sotish chekiga – hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasigacha, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar esa – hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasigacha tuzatish kiritishlari mumkin .

Shuni qayd etamizki: oʻz muddatida tuzatish kiritishga ulgurmaganlar uchun Soliq qoʻmitasi SKning 83-moddasi asosida oʻtgan soliq davrlari uchun cheklarga tuzatish kiritish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday “aksiyalar” haqidagi xabarlarni – Soliq qoʻmitasining rasmiy resurslarida yoki bizning saytimiz va telegram-kanalimizda kuzatib boring.

Buxgalter PROda batafsil tavsiya:

 

Texnik sabablarga koʻra, quyidagilarga hech qanday holatlarda tuzatish kiritilmaydi:

  • SoliqUz mobil ilovasida keshbek hisoblangan va toʻlangan “Sotish” toʻlov turiga ega cheklar;
  • “Qaytarish” toʻlov turiga ega cheklarga bogʻlangan “Sotish” toʻlov turiga ega cheklar;
  • “Boʻnak” (“Oldindan toʻlov”) toʻlov turiga ega cheklar;
  • “Boʻlib-boʻlib toʻlash” (“Kredit”) toʻlov turiga ega cheklar;
  • “Qaytarish” toʻlov turiga ega cheklar.

Bunday chekda xato aniqlangan boʻlsa, nima qilish kerak? Bunday cheklarga tuzatish kiritish yoki bekor qilish imkonini beradigan funksional mavjud emas. Shu bois xato mavjud chekni oʻz holicha qoldiring.

“Boʻnak”, “Boʻlib-boʻlib toʻlash” (“Kredit”) toʻlov turiga ega cheklar bilan bogʻliq hollarda, agar, misol uchun, xaridor chekni tuzatishni iltimos qilsa, toʻgʻri axborot bilan yangi chek urib berish mumkin.

Dalolatnoma tuzib, unda vaziyatni qayd eting – ushbu hujjat keyinchalik hisobda va soliq tekshiruvlarida asqotishi mumkin. Dalolatnomaga xato mavjud chekning aslini yoki uning nusxasini biriktiring.

E’tibor bering
QQS (yoki aylanmadan olinadigan soliq) hisob-kitobida qaytarish cheki urilgan hisobot davriga sotish cheki bogʻlangan qaytarish cheki summasida tuzatish kiritiladi.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text198509_qaytarish_rasmiylashtirilgan_sotish_cheklarida_ulchov_birligini_qanday_tuzatish_mumkin