Markirovkalanmagan salqin ichimliklarni qanchalik tez realizatsiya qilish kerak

preview

2024 yil 1 martdan boshlab salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash boshlandi. 1 mart holatiga koʻra omborlardagi mahsulotlar qoldiqlarini nima qilish kerak?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan “CRPT TURON” MChJ “Suv va salqin ichimliklar” tovar guruhi menejeri Shafiya QOSIMOVA tushuntirdi:

 

Telegram-kanalda materiallarimizni kuzatib boring.

 

– Eslatib oʻtaman, suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalashni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Barcha salqin ichimliklar ikkita guruhga boʻlingan :

 

Tovarlar guruhi

Tovarlar nomi

TIF TN kodi

1-guruh

Achitilmagan va tarkibida spirt qoʻshilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi bundan mustasno) va sabzavot sharbatlari, shuningdek gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar

2009, 2201, 2202

2-guruh

Metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar

2201, 2202

 

1-guruhni raqamli markirovkalash 2024 yil 1 martdan boshlangan. 2-guruhni markirovkalash 2024 yil 1 avgustdan boshlanadi . Bu shuni anglatadiki, ushbu sanalardan keyin ishlab chiqarilgan va mamlakatga olib kirilgan barcha mahsulotlar markirovkalangan boʻlishi kerak.

Raqamli markirovkalash boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar belgilangan muddatlarda realizatsiya qilingan boʻlishi kerak :

 

Tovarlar guruhi

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar

Ulgurji savdo

Chakana savdo

1-guruh

2024 y. 1 sentyabrga qadar

2024 y. 1 noyabrga qadar

2025 y. 1 martga qadar

2-guruh

2025 y. 1 fevralga qadar

2025 y. 1 mayga qadar

2025 y. 1 avgustga qadar

 

Raqamli markirovkalash boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan, ushbu muddatlardan keyin omborlarda qolgan iste’mol uchun yaroqli markirovkalanmagan mahsulotlar yoʻq qilinishi kerak. Suv va salqin ichimliklarni markirovkalash qoidalari tovar qoldiqlariga markirovka tushirishni nazarda tutmaydi.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


Tovar va хizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, хizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va хizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va хatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text198967_markirovkalanmagan_salqin_ichimliklarni_qanchalik_tez_realizaciya_qilish_kerak