Oʻzbekistonda 2024 yil may oyida nimalar oʻzgaradi

preview

Oʻzbekistonda 2024 yil may oyida kuchga kiradigan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlarning an’anaviy sharhini taqdim etamiz.

 

Telegram-kanalda materiallarimizni kuzatib boring.

 

Xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari onlayn tarzda akkreditatsiya qilinishi mumkin

May oyida yangi Oʻzbekiston hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom kuchga kiradi .

 

Ijro hujjatlari soliq toʻlovchining kabinetiga kelib tushadi

Ijro hujjatlarini olish soddalashtirildi .

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilmoqda. Yuridik shaxslar sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni ularning soliq toʻlovchi shaxsiy kabineti orqali olishadi va taqdim etishadi.

Fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda – MHEKMning 0,5 baravari miqdorida.

 

Aholi uchun elektr energiyasi va gaz iste’molining me’yorlari kuchga kiradi

1 maydan boshlab aholi uchun elektr energiyasi va gaz iste’molining oylik bazaviy me’yorlari kuchga kiradi.

 

Qum-shagʻal qazib olish huquqini olish – faqat E-auksion platformasi orqali  

1 maydan boshlab Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy kuchga kiradi .

Daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallari qazib olish huquqini faqat E-auksion elektron savdo platformasi orqali sotib olish mumkin boʻladi.

Moratoriy amal qiladigan davrda daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda hisoblab chiqariladi.

 

Vakolatli organlardan xulosalarning 17 turini onlayn tarzda olish mumkin

Xulosalarning 17 turini berish pasportlari tasdiqlandi . Quyidagilar shular jumlasidandir:

  • xavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va ulardan foydalanish boʻyicha   tegishli   moddiy-texnik   baza   hamda xodimlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa;
  • mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida xulosa;
  • bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa;
  • moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha xulosa;
  • dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish boʻyicha xulosa.

Xulosalarni davlat xizmatlari markazlarida yoki YaIDXP orqali olish mumkin.

 

Biznes jamoat hojatxonalaridan daromad ishlab topishi mumkin

1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy ob’yektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini oʻrnatish huquqi beriladi .

Tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan jamoat hojatxonalari oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joylarning dislokatsiyasi hamda mazkur hududdagi infratuzilma ob’yektlari va aholi harakati gavjumligi darajasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Ye-auksion tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib borilishi kerak. Auksion savdolari minimal narxdan boshlanadi, ushbu narxni aniqlash tartibi ham tasdiqlanishi lozim. Elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga pulli hojatxonalar oʻrnatiladigan joylar mulk yoki ijara huquqi asosida ajratiladi.

 

Biznes muhtojlarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga jalb qilinadi

Bunday eksperiment poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida ishga tushiriladi. Davlat muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tadbirkorlik sub’yektlariga autsorsing asosida beradi .

Tadbirkorlik sub’yektlari xizmatlar koʻrsatishga eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlanadi. Autsorsing shartnomasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan tuziladi. Moliyalashtirish – davlat byudjeti va Agentlikning maxsus jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi. Xizmatlarning narxi Toshkent shahrining boshqa tumanlarida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun belgilangan xarajatlar smetasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Shartnoma talablariga rioya etilishi maxsus tashkil etilgan Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

 

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text199376_uzbekistonda_2024_yil_may_oyida_nimalar_uzgaradi