Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2021 yildan boshlab markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlaydigan tadbirkorlar soni oshib bormoqda. Markirovkalangan tovarlarni inventarizatsiyadan qanday toʻgʻri oʻtkazish haqidagi savol bilan mutaхassislarga tez-tez murojaat qilishmoqda.
Ushbu ishning oʻziga хos хususiyatlarini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Green White Solutions” MChJ raqamli markirovkalash integratori mutaхassisi Ilmir MINGARIPOV tushuntirdi:
Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.
– Markirovkalangan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish – bu TMBning haqiqiy qoldiqlarini Asl belgisi raqamli markirovkalash tizimida aks ettiriladigan ma’lumotlar bilan qiyoslash usuli. Inventarizatsiya – tashkilotning ichki jarayoni boʻlib, u markirovkalash tizimi operatori tomonidan tartibga solinmaydi.
Markirovkalangan mahsulotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishni 4, 5, 19-son BHMSga amal qilgan holda, har qanday TMB inventarizatsiyasi kabi amalga oshiring. Faqat markirovkalangan mahsulotlarni sanashda albatta raqamli markirovkani skanerlash lozim. Shu tariqa markirovkalangan mahsulotlarni hisobga olish aniqroq boʻladi, sababi bir tovarni boshqasiga almashtirishning imkoni yoʻq.
Markirovkalangan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishda omborda saqlanayotgan har bir birlikning markirovkalash kodlarini skanerlash lozim. Ma’lumotlarni qiyoslashni esa buning uchun moʻljallangan dastur yoki oʻzingiz amalga oshirishingiz mumkin.
Markirovkalangan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishning ikkita usuli
|
Dasturiy ta’minot yordamida |
Qoʻlda |
|
• Ma’lumotlar yigʻish terminali (skaner) yoki mobil qurilma yordamida har bir tovarning markirovkalash kodlarini skanerlang. |
• Ma’lumotlar yigʻish terminali (skaner) yoki mobil qurilma yordamida har bir tovarning markirovkalash kodlarini skanerlang. |
Markirovkalangan tovarlar soni juda kam boʻlgan kompaniyalar uchun qoʻlda inventarizatsiyadan oʻtkazish amalga oshirilishi mumkin. Agar sizda raqamli markirovkalangan tovarlar koʻp boʻlsa, qoʻlda inventarizatsiyadan oʻtkazish ahamiyatli vaqt va mablagʻlar sarfini keltirib chiqaradi, хatolar, tushirib qoldirishlar va chalkashliklardan qochib boʻlmaydi. Shu bois ma’lumotlar tahlili uchun dasturiy ta’minotdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Misol uchun, hisobga olish dasturlaringizda mos keladigan funksional boʻlishi mumkin.
Inventarizatsiya yakunlanganidan soʻng inventarizatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish lozim.
Siz turli sabablarga koʻra sotolmaydigan tovarlar kodlarini: yaroqsiz, yaroqlilik muddati oʻtgan, markirovkalash kodlarini qayta saralash va hokazolarni – “Aylanmadan chiqarish” tugmasi yordamida hisobdan chiqarish lozim.
Haqiqatda sizda boʻlgan, biroq Asl belgisi ma’lumotlari boʻyicha boshqa kompaniyalarda hisobda boʻlgan kodlarni kirim qilish mumkin emas. Ammo ularni hisobda boʻlgan kompaniyalarga topshirish mumkin. Agarda sizda hisobda boʻlgan, biroq u yoki bu sabablarga koʻra boshqa tadbirkorning qoʻliga tushib qolgan tovarlarni sizga topshirishsa, risoladagidek boʻlardi. Umuman olganda, bunday tushunmovchiliklar va muammolar yuzaga kelmasligi uchun tovar egasi kimligini Asl belgisi tizimida tekshirishga odatlaning.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()