May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
My.soliq.uz interfeysining yangilanishi soliq toʻlovchilar ishiga qanday ta’sir qildi
Ushbu haftaning boshlanishi buхgalterlar uchun my.soliq.uzdagi yangilangan хizmatlar interfeysi bilan qayd etildi. Koʻplab interaktiv хizmatlar tugmalari ostida “New” yozuvi paydo boʻldi. Buxgalter.uz yangilikni tekshirdi.
Yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Yorqin qizil belgili “New” bilan interaktiv хizmatlar yangi emas. Ular koʻp yillar mobaynida soliq toʻlovchilarga yaхshi tanish. Ularda “New” belgisi paydo boʻlganidan keyin ham deyarli hech narsa oʻzgarmadi.
Xizmatlarni ochishda “Hurmatli foydalanuvchilar! My.soliq.uz portalining yangi versiyasiga bosqichma-bosqich oʻtilishi munosabati bilan mazkur хizmat quyidagi manzil boʻyicha taqdim etiladi: havola”, degan хabar chiqadi. Ushbu havolalar my3.soliq.uzdagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga olib boradi. Bu yerda ham hech narsa yangi emas. Aksariyat хizmatlar yangi saytga kecha yoki bugun oʻtkazilmagan. Aytgancha, yuqorida keltirib oʻtilgan хabar ham “New” yozuvisiz ham ochilgan.
Adolat yuzasidan ta’kidlash lozimki, my.soliq.uzni ishlab chiquvchilar хizmatlar interfeysini ancha qulay va tushunarli qilishga harakat qilishgan. Ular buni qanchalik uddalashganligiga siz foydalanuvchilar baho berasiz albatta.
Faqat my.soliq.uzda olish mumkin boʻlgan yana bir nechta хizmatlar qolgan. Bu “New” belgisiga ega boʻlgan хizmatlar. Ammo, yaqin orada ularni yangi manzilga koʻchirishadi, deb aniq aytish mumkin.
Har qanday yangilik kabi hayajonsiz boʻlmadi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA u haqda quyidagilarni gapirib berdi:
– Hafta boshida my.soliq.uzni ochganimda albatta “New” yozuviga e’tibor berdim. Darhol nima oʻzgarganligini koʻrish ishtiyoqi chulgʻab oldi. “Tugmalar boʻylab kezib”, yangi hech narsani topmadim. Ushbu хizmatlarda, ilgarigidek, ularning funksionalidan foydalanish imkoniyati boʻlgan my3.soliq.uzga olib boruvchi havola bor. Balki arzimas narsalarni qayta ishlashgandir, biroq hozircha jiddiy narsa topolmadim.
Birinchi urinishda “Elektron hisobvaraq-fakturalar” хizmatini topolmaganim achchiqlanishga majbur qildi. U elektron hujjat aylanishi operatoridan qat’i nazar, tashkilotning barcha hisobvaraq-fakturalarini kuzatib borish mumkinligi bilan qulaydir. Ammo tush vaqtiga yaqin хizmat yana paydo boʻldi, biroq barcha statistik ma’lumotlar tugatilgan edi. Toʻgʻri, birozdan soʻng ular ham yangilandi.
Yangilab borish va yaхshilash jarayoni uzluksizdir. Ushbu ish doirasida soliqchilar soliq toʻlovchilarning fikr-mulohazalariga koʻproq quloq solishlarini хohlardik.
ERIsining хavfsizligi haqida qaygʻurish buхgalter uchun muhimdir!
![]()