Soliq kodeksining 227-1-moddasi boʻyicha jarima 2 foizgacha pasaytirildi

preview

Prezident tomonidan Soliq kodeksining 227-1-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun imzolandi (29.05.2024 y. OʻRQ-927-son). 30 maydan boshlab ushbu modda boʻyicha jarima hisobot choragi uchun sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha pasaytirildi.

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Eslatib oʻtamiz, SKning 227-1-moddasi quyidagi talablar yoki tartibni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi:

  • fiskal belgilarni aks ettirish;
  • avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash;
  • soliq organlarining aхborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
  • shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish.

Endi ushbu huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori realizatsiya amalga oshirilgan oхirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizini tashkil etadi.

SKning 227-1-moddasining yangi tahriri yangi me’yor bilan toʻldirildi, unga asosan huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda jarima hisobot choragi uchun sof tushumning 20 foizini tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, ilgari SKning 227-1-moddasi “muzlatilgan” edi: undiruv bilan bogʻliq ishlar tugatildi, sanksiya boʻyicha qarzning 98 foizi hisobdan chiqarildi, kim jarima toʻlagan boʻlsa, summaning 98 foizi kelgusi soliq toʻlovlari hisobiga hisobga olindi.

 

 

 

 

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text200227_soliq_kodeksining_227-1-moddasi_buyicha_jarima_2_foizgacha_pasaytirildi