Markirovkalangan tovarni yetkazib beruvchiga qaytarish qanday rasmiylashtiriladi

preview

Xaridorlar va sotuvchilar oʻrtasida koʻp hollarda markirovkalangan tovarni qaytarishni rasmiylashtirish bilan bogʻliq vaziyatlar yuzaga keladi.

Ushbu vaziyatlarda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning oʻziga xos jihatlari haqida Green White Solutions raqamli markirovkalash integratori biznes-tahlilchisi Ilmir MINGARIPOV  gapirib berdi:

 

Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– Raqamli markirovkalash tizimida markirovkalangan mahsulotlarni qaytarish nazarda tutilgan.

Qaytarish qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi .

 

Qoʻshimcha hisobvaraq-faktura asosida Asl Belgisi raqamli markirovkalash tizimida tovar mulkdorining avtomatik tarzda almashishi sodir boʻladi.

Qaytarish uchun qoʻshimcha EHFni tovarni sotgan rasmiylashtiradi, tovarni qaytargan esa – albatta hisobvaraq-fakturani tasdiqlaydi.

E’tibor bering

Raqamli markirovkalangan tovarlar koʻrsatilgan EHF 1 kalendar kun ichida xaridorning ERIsi bilan tasdiqlangan boʻlishi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilishi kerak. Ushbu muddatda xaridor tomonidan tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi .

 

Qoʻshimcha EHFni u taqdim etiladigan EHF xaridor tomonidan imzolanganidan soʻng rasmiylashtiring. Bu holda Asl Belgisi tizimida tovar xaridorning mulki sifatida hisobda boʻladi va binobarin, u tovarni qaytarishi mumkin.

Qaytarish uchun qoʻshimcha EHF rasmiylashtirishning oʻzi xos xususiyatlari shundan iboratki, tovar qaytarishni amalga oshirayotgan xaridorda boʻladi, qoʻshimcha EHFni esa qaytarishni qabul qiladigan ushbu tovarning sotuvchisi rasmiylashtirishi kerak.

Qoʻshimcha EHFni rasmiylashtirishni quyidagi usullardan biri orqali tashkil qilish mumkin:

  • tovar mavjud boʻlgan xaridor soni va markirovkalash kodlarini koʻrsatgan holda qaytarilayotgan tovarlar roʻyxatini shakllantiradi va uni sotuvchiga qoʻshimcha EHF rasmiylashtirish uchun yuboradi;
  • qaytarilayotgan tovarni qabul qiluvchi sotuvchi qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish uchun xaridorning oldiga boradi yoki tovar omborga kelishi bilan uni darhol rasmiylashtiradi.

E’tibor bering

Qoʻshimcha EHF rasmiylashtirish tartib-taomilida asosiysi raqamli markirovkalash kodlarini chalkashtirib yubormaslik. Qoʻshimcha EHFda qoʻshimcha EHF rasmiylashtirilayotgan EHFda koʻrsatilgan xuddi shu kodlar bilan tovarlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

 

Tovar SSCC-kodga ega transport qadogʻida sotilgan,  Data Matrix tushirilgan ushbu transport qadogʻidan faqat bir nechta oʻram qaytarilayotgan vaziyat me’yorda hisoblanadi. Qoʻshimcha EHFda qaytarilayotgan iste’mol qadoqlarining kodlarini koʻrsatish yetarli boʻladi.

Qoʻshimcha EHF xaridor tomonidan imzolangandan soʻng Asl Belgisi tizimida qaytarilayotgan tovarning egasi sotuvchi boʻladi.

Markirovka bilan ishlashda EHFdagi markirovkalash kodlarining haqiqatda kelgan tovardagi kodlar bilan muvofiqligini tekshirish muhim. Kodlarda xatolarni istisno qilish uchun mobil ilovalardan foydalanishni tavsiya qilamiz – ular EHFni tovarlarni joʻnatish joyida rasmiylashtirish imkonini beradi.

Qoʻshimcha EHF imzolangandan soʻng debitorlik qarzingiz qayta hisoblanganligiga ishonch hosil qilish uchun yetkazib beruvchi bilan solishtirishni amalga oshiring. Va albatta Asl Belgisi shaxsiy kabinetiga kiring va kodlarda xato bor yoki yoʻqligini tekshiring. Agar xatolar boʻlsa, ularni qanday tuzatish mumkinligi yuzasidan Asl Belgisi tizimining qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan maslahatlashing.

❖

Markirovkalangan tovarlarni davriy inventarizatsiyadan oʻtkazish sizni koʻplab muammolardan xalos etadi: uni qanday oʻtkazish kerak.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


Tovar va xizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, xizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va xizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va xatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text200478_markirovkalangan_tovarni_etkazib_beruvchiga_qaytarish_qanday_rasmiylashtiriladi