9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Kursdagi farq: soliqchilar hisobotlarni qayta topshirishga undashsa, nima qilish kerak
Moliyaviy hisobotning 2-son shakli 22-son BHMSga muvofiq hisoblab chiqarilgan. Foyda soligʻi hisob-kitobida kursdagi farq SKning 320-moddasiga muvofiq aks ettirilgan. Ushbu hisobotlarda kursdagi farqning qiymatlari mos kelmayotganligi avtokameralni qanoatlantirmayapti va soliq toʻlovchi aniqlangan farqqa qoʻshimcha foyda soligʻi hisoblash talabi bilan xabarnoma olmoqda. Soliq inspektori dastur faqat qayta topshirilgan hisob-kitoblarni e’tiborga olishi haqida ogohlantirdi. Nima qilish lozim? Hisob-kitobni qayta topshirish – bu ma’lumotlarni moslashtirish va buzib koʻrsatishni anglatadi.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
Mutaxassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Moliyaviy hisobot va Foyda soligʻi hisob-kitobida kursdagi farq koʻrsatkichlari oʻrtasida aksariyat hollarda farq boʻladi. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi ushbu holatda farq qiladi.
SKning 138-moddasiga muvofiq xabarnomani olgandan soʻng soliq toʻlovchida ikkita yoʻl bor – aniqlangan tafovutlarning asosnomasini yoki aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish. Talabning bajarilmasligi – kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos sanaladi.
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda holatdan chiqishning toʻgʻri yoʻli – soliq organlariga aniqlangan tafovutlarning asosnomasini yuborish. Moliyaviy hisobotning 2-son shakli uchun hisob-kitoblar 22-son BHMSga muvofiq amalga oshirilgan, foyda soligʻi boʻyicha hisobot uchun esa kursdagi farq SKning 320-moddasi qoidalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan, deb toʻgʻridan-toʻgʻri yozing.
Taqdim etilgan aniqlangan tafovutlarning asosnomasiga toʻliq yoki qisman rozi boʻlganda, soliq organi sizga ilgari yoʻllangan talabnomani bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma yoki soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida aniqlashtirilgan talabnoma yuboradi.
Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini (shu jumladan – aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etmasa, soliq organi soliq auditini tayinlashga haqli. Agar taqdim etilgan asosnomani soliqchilar yetarli emas deb hisoblashsa ham shunday natija boʻladi.
Amaliyotda soliq toʻlovchilar birinchi xabarnomadan soʻng, garchi ilgari topshirilgan hisobotlarda xato mavjud emasligini bilsalar-da, soliqchilarning talablari boʻyicha borib, avval topshirilgan hisobotlarni qayta topshirgan koʻp holatlarni bilaman. Ammo oʻziga ishonchi boʻlmagan, tekshiruvchilar ularda biror bir e’tiroz qilishga arziydigan narsa topa oladigan buxgalterlar shunday yoʻl tutishadi. Ular tayinlangan tekshiruvlar pul ifodasida ilgari topshirilgan hisobotni qayta topshirish boʻyicha talabnomani bajarishdan koʻriladigan xarajatlardan katta summaga tushishini bilishadi.
Ma’lumotlarni moslashtirish – bu ham eng yaxshi variant emas. Summalar mos kelishi uchun boshqa ma’lumotlarni buzib koʻrsatish – 22-son BHMS yoki SKning 320-moddasi qoidalarini buzish kerak. Bunday ijodkorlik oqibatda nazorat qiluvchi organning e’tiborini tortishi va tekshiruvlarni tayinlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Topshirilgan hisobotlarda xatolar boʻlmasa, men tafovutlarni asoslashni tavsiya qilman. Agar soliqchilar taqdim etilgan ma’lumotlarga shubha qilishsa, mayli, tekshiruv tayinlashsin – bu ularning huquqi.
Soliq organlariga fikr-mulohazalar: avtokameralning formulalarini ular amaldagi qoidalardan aniq boʻlgan tafovutlarni asoslash talab qilinadigan xabarnomalarni soliq toʻlovchilarga yoʻllamaydigan tarzda ishlab chiqilishi lozim.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
Oleg GAYeVOY tayyorladi