Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Koʻp qavatli uy-joy qurish uchun tashkilot onlayn-auksion orqali yer uchastkasini ijaraga oldi. Auksion bayonnomasida yer uchastkasi ijaraga berilishi koʻrsatilgan, bunda uni realizatsiya qilish qiymati koʻrsatilgan.
Mazkur bayonnoma asosida shahar hokimligi bilan 5 yil muddatga yer uchastkasi ijara shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga koʻra, yer uchastkasi uchun ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi va qonun hujjatlarida yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibda ijaraga oluvchi tomonidan byudjetga toʻlanadi. Bunda onlayn-auksion bayonnomasida ham, ijara shartnomasida ham ijara toʻlovining miqdori koʻrsatilmagan, shuningdek, undan QQS toʻlash haqida aytib oʻtilmagan.
Koʻp qavatli uy-joy qurish uchun tashkilot tomonidan onlayn-auksion orqali ijaraga olingan yer uchastkasi uchun ijara toʻlovi miqdorini aniqlash va toʻlash tartibi qanday? Ijara toʻloviga QQS solinadimi va kim soliq toʻlovchi hisoblanadi?».
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaхslarga yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi
.
Tashkilot tomonidan tuzilgan ijara shartnomasida yer uchastkasi uchun ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtirilishi va ijaraga oluvchi tomonidan qonun hujjatlarida yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibda byudjetga toʻlanishi ham koʻrsatilgan.
Shu tariqa, mazkur holatda koʻp qavatli uy-joy qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan tashkilot yer soligʻi toʻlovchilarga tenglashtiriladi. U yer soligʻini yer uchastkasining umumiy maydoni va SKning 429-moddasida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, yer uchastkasiga ijara huquqi yuzaga kelganidan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqaradi
.
Keyinchalik kompaniya soliqni har bir soliq davrining (kalendar yilning) 1 yanvar holatiga koʻra hisoblab chiqaradi. Soliq hisobotini – yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organiga joriy soliq davrining 20 yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi
.
Yer soligʻini quyidagilar toʻlaydi
:
- aylanmadan soliq toʻlovchilar – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay (yanvar uchun – 20 yanvardan kechiktirmay).
Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, soliqni majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay toʻlang
.
Mazkur holatda QQS toʻlanmaydi.
Hisobotni topshirish kerakmi yoki yoʻqmi? Buxgalter.uzdan qoʻshimcha tushuntirish
Material e’lon qilingandan soʻng, biz ushbu me’yorni qoʻshimcha tushuntirishni soʻrab, oʻquvchidan izoh oldik:
– “Menga javob notoʻgʻri koʻrinmoqda. Iltimos, yana bir marta aniqlashtiring. Agar hokimlik bilan ijara shartnomasi mavjud boʻlsa, ijaraga oluvchi ijara haqini HF boʻyicha hokimlikka (yoki direksiyaga) toʻlaydi. Ijara soliqqa tenglashtirilganligi sababli, ijaraga oluvchi soliq hisobotini topshirishi kerak emas. Aks holda u soliqni ham, ijara haqini ham toʻlaydi. Men nima uchun ishonch bilan aytyapman, mening tajribamda boʻlgan. Avvalgi buхgalter hokimlikka ijara haqini toʻlagan, shuningdek, yer soligʻi boʻyicha hisobot topshirib, soliqni hisoblagan. Kelganimdan keyin men yer soligʻi boʻyicha hisobotni bekor qildim va Soliq qoʻmitasiga bir talay dalillarni taqdim etdim. Aхir ular kamaytiruvchi qayta hisob-kitobni shunchaki qabul qilishmaydi-ku”.
“Norma” yuristi Ulugʻbek AYuBOV tushuntirish berdi:
– “SKning 16-moddasi 1-ismiga asosan soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda – byudjet tizimi) toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov tushuniladi.
SKning 424-moddasi 2-qismiga muvofiq tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaхslarga yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkasining namunaviy ijara shartnomasining 2.2-bandiga asosan Yer kodeksining 28-moddasi asosida yer uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaхslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq byudjetga toʻlaydi”.
Yuqorida koʻrib chiqilgan soliq idorasi vakili va “Norma” yuristi tomonidan berilgan ushbu ikkita javobda – soliq hisobotini topshirish zaruriyatiga nisbatan pozitsiyalar mos keladi.
![]()