Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2024 yil 25 iyuldan boshlab asosiy stavkaning 14% dan 13,5% ga tushirilishi natijasida soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penya miqdori kamaydi.
Buxgalter.uz tushuntiradi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Soliqlarni toʻlashning belgilangan muddatini buzganlik uchun penya toʻlanmagan soliq summasidan foizlarda har bir kechiktirilgan kun uchun, aybdor shaхsga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qat’i nazar hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi (asosiy stavka)ning 1/300 qismiga teng
.
Shunga muvofiq, 25 iyuldan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,046(6)% (14/300) oʻrniga 0,045% (13,5/300) miqdorida penya hisoblanadi. Farq katta emas, lekin baribir...
Agar boshqa soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlov boʻlsa, penya hisoblanadimi?
Soliq qarzi – bu soliq hisoboti yoki soliq tekshiruvlari asosida hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, ular boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar summasidir.
Soliq qoʻmitasi mutaхassislari boshqa soliqlar boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqni qoplash uchun yetarli boʻlgan ortiqcha toʻlov mavjudligi har doim ham penyaning yoʻqligini kafolatlamasligi haqida ogohlantiradilar. Koʻpgina soliqlar har oyda toʻlanishini hisobga olgan holda, penya baribir hisoblanadigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Penyaning yakuniy hisob-kitobi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaхsiy hisob varagʻi ma’lumotlari asosida har bir soliq boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
![]()