9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Korxona – QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi BFQlar ishlab chiqaradi. Mahsulot ulgurji va chakana savdoda sotiladi. Chakana savdoda BFQlardan (asosiy sotuv mahsuloti, 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» hisobi) va reklama mahsulotlaridan (firma paketi, mahsulot katalogi, brelok, ruchka va bloknot, 1090 «Boshqa materiallar» hisobi) iborat setlar mavjud.
Bunday setni qaysi hisobda yuritish kerak? Sotilgan setning tannarxi va uni sotishdan olingan daromadni qaysi hisoblarda yuritish kerak?»
Vuxgalter.uz savollariga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Agar sizning vaziyatingizda set alohida tovar birligi sifatida sotilsa, unga kiritilgan barcha narsalarni yagona tovar sifatida – 2910 "Ombordagi tovarlar" yoki 2920 "Chakana savdodagi tovarlar" hisobida yuritish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiring:
- Dt Tovarlarni hisobga olish hisobi 2900 (set);
- Kt 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 1090 "Boshqa materiallar".
Bundan tashqari, agar korxona reklama mahsulotlarini tovar sifatida sotsa, uni 1090 "Boshqa materiallar" hisobida yuritish notoʻgʻri boʻladi.
Tovarni sotishdan olingan daromad 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" hisobida, sotilgan tovarning tannarxi esa 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" hisobida yuritiladi. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot sintetik hisoblardan shakllantiriladi, u buzilmaydi. 2810, 1090, 2900 va boshqa hisoblarning davr mobaynidagi ishini tahlil qilib, siz ma’lum bir davr mobaynida qancha BAQlar va reklama mahsulotlari sotilganligini aniqlashingiz mumkin.
Soliq solish maqsadlarida sizda tovarlar qaysi buxgalteriya hisobida, ularni sotishdan olingan daromad qaysi hisobda, sotishning tannarxi esa qaysi hisobda yuritilishi ahamiyatga ega emas. Soliq oqibatlari Soliq kodeksi normalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
![]()