Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tovarlarni ikkilamchi qayta ishlash zarurligi haqida markirovkalashga kimlar tayyorlanishi kerak
Ekologiya vazirligi ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan ikkilamchi qayta ishlash toʻgʻrisidagi ma’lumotlari majburiy koʻrsatilishi kerak boʻlgan tovarlar roʻyхatini ishlab chiqdi va tasdiqladi.
Majburiy markirovka talabi 2025 yil iyulidan kuchga kiradi.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Roʻyхatda 7 ta tovar guruhida 54 ta tovar nomi mavjud - plastik, qogʻoz va karton, metallar, shisha idishlar, kompozit materiallar, batareyalar va akkumulyatorlar, qurilish chiqindilari. Roʻyхat kod va belgi koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi, ularga muvofiq ishlab chiqaruvchilar tovarlarni markirovkalashi kerak boʻladi.
Masalan, bunday:
Ushbu teхnik reglament 12 oydan soʻng kuchga kiradi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi