9 oyni xatolarsiz yopamiz:
15 avgust
• 2024 yil iyul oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m., SK 407-m. 4-5-q.).
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi jismoniy shaxsga daromadlar toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi;
• 2024 yil avgust oyi uchun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 392-m. 1-2-q.).
Soliq toʻlovchilar tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlaydilar;• 2024 yil iyul oyi uchun aylanmadan soliq boʻyicha hisobotlarni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (hisobot taqdim etishdan ozod qilingan qat’iy belgilangan miqdorda aylanmadan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3-q. 1-b., 470-1-m. 8-q.);
• aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan 2024 yil iyul oyi uchun onlayn NKM cheklaridagi texnik xatolarni tuzatishning soʻnggi kuni (23.11.2019 y. VMQ-943-son qarorga 1-ilovaning 38-1-b., SK 470-m. 3-q.).