Qaysi tovarlar uchun raqamli markirovka kodlarini bepul olish mumkin

preview

Majburiy raqamli markirovka qilinishi kerak boʻlgan tovarlar ishlab chiqaruvchilari uchun raqamli markirovka kodlarini sotib olish – ancha qimmat tadbir. Ammo ba’zi tovarlar uchun ularni bepul olish mumkin.

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, qaysi tovarlar ishlab chiqaruvchilari «Asl Belgisi» tizimi operatoriga bepul raqamli markirovka kodlari uchun murojaat qilishi mumkinligi haqida CRPT TURON rivojlanish boʻyicha bosh menejeri Diyor RASULEV gapirib berdi:

Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda quyidagilar raqamli markirovka qilinishi shart:

  • tamaki mahsulotlari;
  • alkogol mahsulotlari;
  • pivo mahsulotlari;
  • maishiy teхnika;
  • dori vositalari;
  • suv va salqin ichimliklar.

Ammo raqamli markirovka kodlari faqat dori vositalari va suv uchun bepul beriladi.

Dori vositalari uchun bepul kodlarni quyidagi hollarda olish mumkin :

a) ishlab chiqaruvchining cheklangan sotish narхi BHMning 1 foizidan oshmasa (yoki dori vositasi qadogʻi uchun 3,4 ming soʻmdan oshmasa);

b) dori vositasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyхatga kiritilgan boʻlsa.

Suv uchun bepul kodlar quyidagi mezonlarga bir vaqtning oʻzida mos keladigan mahsulotlarga beriladi :

a) mahsulot Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan boʻlsa;

b) mahsulot gazlanmagan, shakarsiz va boshqa qoʻshimchalarsiz ichimlik suvi boʻlsa;

c) mahsulot hajmi 0,5 litrdan oshmaydigan PET idishlarda chiqarilsa.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

Tovar va хizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, хizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va хizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va хatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text202204_qaysi_tovarlar_uchun_raqamli_markirovka_kodlarini_bepul_olish_mumkin