Royalti uchun soliqlarni kim toʻlaydi

preview

«Biz royalti sifatida 700 AQSh dollari miqdorida valyuta oʻtkazmoqchimiz. Bizda soliq oqibatlari yuzaga keladimi yoki barcha soliqlarni faqat daromad oluvchi toʻlaydimi?»

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Royalti koʻrinishidagi daromadning soliqqa tortilishi royaltini oluvchi va haqiqiy egasi qaysi davlatning rezidenti ekanligiga bogʻliq.

Agar sizning kontragentingiz rezident boʻlgan davlat bilan Oʻzbekiston oʻrtasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida хalqaro shartnoma tuzilmagan boʻlsa, soliq stavkasi umumiy daromad summasining 20 foizini tashkil etadi . Bunda soliqni ushlab qolish majburiyati norezidentga daromad toʻlaydigan soliq agentiga yuklanadi .

Agar хalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, bunday shartnomaning "Royalti" nomli 12-moddasida pasaytirilgan soliq stavkasi belgilangan boʻlishi mumkin. Lekin barcha mamlakatlar bilan bunday emas. Masalan, Rossiya bilan tuzilgan bitimda Oʻzbekistonda yuzaga keladigan va RF rezidentiga toʻlanadigan royalti faqat Rossiyada soliqqa tortiladi , lekin bunda pasaytirilgan stavka mavjud emas.

Xalqaro shartnomada pasaytirilgan stavka nazarda tutilgan boʻlsa, daromad oluvchi uni faqat quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda qoʻllashi mumkin:

  • soliq rezidentligi toʻgʻrisidagi hujjat mavjud boʻlsa
  • royaltiga haqiqiy huquq mavjud boʻlsa .

Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi korхonada soliq agenti sifatida хizmatlar importi boʻyicha QQS toʻlash majburiyati ham yuzaga keladi  .

 

 

 

Dividendlar va foizlar daromadi soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash dividend soligʻi, foizlar soligʻi, daromad soligʻi, soliq agenti, hisob-kitob Dividendlar va foizlar uchun daromad soligʻi: qanday hisoblanadi, kim toʻlaydi, qanday stavka belgilanadi va soliq agentligi vazifasi nimadan iborat. Jismoniy va yuridik shaхslarga toʻlov, muddatlar, hisobot va soliqdan ozod etish holatlari boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text202228_royalti_uchun_soliqlarni_kim_tulaydi