Vagonlarni eksport qilishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

preview

«Korxonamiz Ukrainadagi zavod bilan tuzilgan import shartnomasi asosida 25 ta temir yoʻl vagonini import qildi. Endi biz bu vagonlarning barchasini Qozogʻiston Respublikasidagi xaridorga sotmoqchimiz. Bizda QQS va foyda soligʻi boʻyicha qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»

Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

QQS

– Qozogʻiston Respublikasidagi korxonaga vagonlarni sotish – bu QQS solinadigan aylanma  . Agar vagonlar Oʻzbekiston bojxona hududidan olib chiqilsa, bu eksport deb tan olinadi va 0% stavkada QQS solinadi . Buning uchun eksport operatsiyalari SKning 261-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.

 

Foyda soligʻi

Agar korxona sotishdan oldin sotib olingan vagonlardan asosiy vositalar sifatida foydalangan boʻlsa, ularni sotishda foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi SKning 298-moddasiga muvofiq aniqlanadi.

Agar vagonlar asosiy vositalar sifatida foydalanilmagan boʻlsa, ularni sotishdan olingan daromad tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad sifatida tan olinadi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladi . Vagonlarning tannarxi va ularni sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar sifatida tan olinadi .

Tovarlarni eksport qilishdan olingan foydaga foyda soligʻining nol stavkasi qoʻllaniladi . Buning uchun ham SKning 261-moddasiga muvofiq eksportni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak .

Agar tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kalendar kun ichida xorijiy valyutadagi daromadlar kelib tushmasa, tovarlarni eksport qilishda 0% soliq stavkasi qoʻllanilmaydi .

 

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text202303_vagonlarni_eksport_qilishda_qanday_soliq_oqibatlari_yuzaga_keladi