QQS

Material sanasi 09.06.2026
Korxona Rossiya kompaniyasiga sanoat ob’yektini modernizatsiya qilish uchun texnik yechimlarni ishlab chiqishga buyurtma berdi. Ishlar narxiga QQS kiritilmagan. Texnik yechimni (TE) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida – SD-R diskidagi fayllar koʻrinishida amalga oshiriladi. SD-R diski buyurtmachi korxonaning Rossiya hududidagi vakiliga beriladi. Bu operatsiyaga QQS solinadimi? Norezident daromadiga soliq toʻlash kerakmi? Agar rezidentlik sertifikati olinsa, soliq toʻlamaslik mumkinmi? Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ... 

Material sanasi 22.07.2025
«Distribyutorlik kompaniyasi jamoa ichida oʻzaro samarali aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlashga, jamoaviy ruhni rivojlantirishga, muloqotni yaxshilashga va dilerlik kompaniyasi bilan umumiy biznes maqsadlariga erishish uchun xodimlarning motivatsiyasini oshirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jamoa tuzishni rejalashtirmoqda. Timbildingda distribyutor kompaniyaning ichimliklari va qandolat mahsulotlari ziyofat sifatida taqdim etiladi. Tovarni hisobdan chiqarish boʻyicha bunday xarajatlarni chegiriladiganlarga kiritish va tovarlar boʻyicha QQSni hisobga olishni qoldirish mumkinmi? Yoki bu xarajatlar baribir chegirib tashlanmaydimi va ushbu tovarlar boʻyicha kiruvchi QQSni hisobga olish mumkin emasmi?» Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 16.07.2025
«Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi korxona (komitent) vositachilik shartnomasini tuzdi, unga koʻra vositachi haq evaziga komitentning oʻz ehtiyojlari uchun import avtomobilni sotib olish va yetkazib berish boʻyicha oʻz nomidan bitim tuzishi kerak. Import shartnomasini komissioner tuzgan, oluvchi sifatida esa BYuDning 8-ustunida komissionerning topshirigʻiga koʻra komitent koʻrsatilgan. Bunday vaziyatda komitent QQS toʻlashga oʻtishi kerakmi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA oydinlik kiritdi: ... 

Material sanasi 11.07.2025
«Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi korxona 2025 yil 28 martda mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkini sotib, 1 mlrd soʻmlik chegaradan oshib ketdi. 2025 yil mart oyi uchun ham aylanmadan olinadigan soliq, ham QQS va foyda soligʻi boʻyicha hisobotlar taqdim etilgan. Sotilgan mol-mulkni yaratishda foydalanilgan, realizatsiya qilish paytidan oldingi oxirgi 12 oyda sotib olingan materiallar boʻyicha QQSni qaytarish mumkinmi? Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ... 

Material sanasi 02.06.2025
«Aviatashuvchi tashkilot xalqaro tashishlar yoki charter reyslari uchun aviachiptalarni butunlay Oʻzbekiston rezident va norezident turoperatorlariga sotadi. U xalqaro tashishlar uchun aviachiptalar va charterlarni Oʻzbekiston rezidentlariga realizatsiya qilishda QQSning nol darajali stavkasini qoʻllashga haqlimi? Yoki nol darajali stavka faqat ushbu xizmatlarni norezidentlarga realizatsiya qilishdagina qoʻllaniladimi?» Buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha tartibga solish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 15.05.2025
«Oʻzbekistonlik yuridik shaxs – yuk tashuvchi xizmatlar eksporti boʻyicha kontrakt tuzdi. Bunda joʻnatish punkti va yetib borish punkti Oʻzbekiston hududida joylashgan. Yuk oluvchi – Oʻzbekistondagi xorijiy kompaniyaning doimiy vakolatxonasi. Kontrakt TSOYaEATda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu holatda QQS va foyda soligʻi boʻyicha qaysi stavkalarni qoʻllash kerak? EHF yoki BYuD rasmiylashtiriladimi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirish berdi: ... 

Material sanasi 12.05.2025
«Kompaniya markirovkalangan import tovari – alkogolsiz ichimliklarni ulgurji savdoda realizatsiya qiladi. Yaqin kunlarda tovarning bir qismining yaroqlilik muddati tugaydi va biz uni asosiy buyurtmaga bonus tarzida berishni istaymiz. Bonusni qoʻshimcha bepul tovarlar berish koʻrinishida hisobga olgan holda EHFni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi (QQS, foyda soligʻi)?» Obunachining iltimosiga binoan savollarga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Olga BUSAROVA javob berdi: ... 

Material sanasi 07.04.2025
«Transport logistika kompaniyasi xalqaro yuk tashishlar bilan shugʻullanadi, xorijiy sugʻurta kompaniyalari bilan shartnomalar tuzdi. Masalan, mazkur shartnomalar orastida yuridik shaxslarning yer usti transport vositalarini ixtiyoriy sugʻurtalash boʻyicha ASOBA sugʻurtasi (ya’ni bizning avtomashinalarimizni) yoki transport vositalari egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash - ASKO (ya’ni haydovchilarimiz javobgarligi) mavjud. Xizmatlar sugʻurta polisi sanasi yoki uning uchun oldindan toʻlov sanasi bilan kirim qilinishi kerakmi? Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Ushbu xizmatlar QQS solish ob’yekti hisoblanadimi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntish berdi: ... 

Material sanasi 02.04.2025
«Koʻchmas mulk ob’yektini buzish uchun bizga kompensatsiya ajratildi. Kompaniya umumbelgilangan soliq solish tizimida. Kompensatsiya olish qanday soliq oqibatlarini keltirib chiqaradi?» Savolga «Norma» ekspertlari, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari Dilorom SAIDOVA va Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 11.03.2025
«QQS toʻlovchi korxona supermarketni reklama qilish maqsadida avtomobil yutuqli oʻyinini oʻtkazmoqda. Bunda qanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi? Davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi?» Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.03.2025
«SK 243-moddasi 1-qismi 16-1-bandiga asosan boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uy boshqaruvchilari tomonidan koʻrsatiladigan (bajariladigan) umumiy mulkni boshqarish, texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar (ishlar) QQSdan ozod qilinadi. QQSdan ozod qilish koʻp kvartirali uyning birinchi qavatlaridagi tijorat noturar joylariga va yertoʻla xonalaridagi avtoturargoh joylariga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash xizmatlariga ham tegishlimi?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 03.03.2025
«Korxona xorijiy korxonaga marketing xizmatlarini realizatsiya qilmoqda. Xizmatlarni eksport qilishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA savolga javob berdi: ... 

Material sanasi 26.02.2025
«Korxona BAAda roʻyxatga olingan yuridik shaxsga litsenziya shartnomasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatmoqda. Litsenziya shartnomasi boʻyicha xizmatlarni eksport qilishda QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 10.12.2024
«Korxona xalqaro transport-ekspeditsiya xizmatlarini koʻrsatadi, chet ellik mijozlarning yuklarini oʻz temir yoʻl vagonlarimizda tashiymiz. Oʻzimizning temir yoʻl vagonlarimiz bor, lekin ba’zida ular yetishmaydi va biz chet eldan vagonlarni ijaraga olamiz. Ularni faqat chet elda TEX koʻrsatish uchun foydalanamiz. Chet eldagi ikki punkt orasida ijaraga olingan vagonlarda chet ellik mijozlarning yukini tashish xizmatlar eksporti hisoblanadimi? Qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi?» Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 03.12.2024
«Xorijiy yetkazib beruvchidan mahsulot (qurilish materiallari) sotib olamiz. U Oʻzbekistonda oʻz tovarlarini sotish va reklama qilish boʻyicha treninglar oʻtkazmoqchi. Buning uchun – bizning marketing xizmatlarimizni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishni va treninglar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarimiz uchun haq toʻlashni taklif qildi. Buni qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtirish kerak? Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Savolga «Norma»ning eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 26.11.2024
«Korxona Xitoydan qayta sotish uchun ehtiyot qismlar xarid qildi. Bojxonadan oʻtkazishda ayrim pozitsiyalar boʻyicha QQS hisoblangan va ushlangan bojxona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketdi. Bunday vaziyatda QQS va foyda soligʻi boʻyicha qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 25.11.2024
«Sugʻurta kompaniyasi sugʻurta, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Ushbu aylanma SKning 245-m. 1-q. 1-b. 2-xatboshisiga muvofiq QQSdan ozod qilingan. Kompaniya xorijiy kontragent bilan qayta sugʻurtalash boʻyicha shartnoma tuzgan, uning xizmatlari uchun chet el valyutasida toʻlov amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyasi kontragentga toʻlovlardan QQSni ushlab qolishi va byudjetga toʻlashi kerakmi?» Savolga «Norma»ning eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 15.11.2024
«Oʻzbekiston korxonasi norezidentga bojxona tranziti tartibi ostidagi xorijiy tovarni yetkazib berish boʻyicha ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston – Xitoydan Afgʻonistonga tovar tashishning oraliq tranzit uchastkasi. Tovar Oʻzbekistonga kelish joyidagi bojxona organidan Oʻzbekistondan chiqish joyidagi bojxona organigacha, keyin Afgʻonistonga tashiladi. Ekspeditorlik xizmatlariga, xususan, brokerlik xizmati, Toshkentda bojxona rasmiylashtiruvi va Oʻzbekiston orqali tranzitda terminal xarajatlarini toʻlash kiradi. Oʻzbekiston hududi orqali Afgʻonistonga tovar tranzitida ekspeditorlik xizmatlariga QQS qanday solinadi? Hisob-fakturalar qanday rasmiylashtiriladi?» Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal etish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 15.10.2024
«Korxonaning koʻchmas mulkini inventarizatsiya qilish jarayonida kadastr organi oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni (donni saqlash uchun bunkerlar) aniqladi. Bu ob’yektlar muassislarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan qurilgan. Hozirgi vaqtda ushbu koʻchmas mulkni keyinchalik kadastr organida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan koʻchmas mulk qonuniy roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, uning qiymatini muassislarning hissasi sifatida korxonaning ustav fondiga kiritish mumkinmi? Ularni muassislarning hissasi sifatida kirim qilishda qanday soliq oqibatlari (foyda soligʻi va QQS boʻyicha) yuzaga kelishi mumkin?» Vaziyatni «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 10.10.2024
«QQS toʻlovchi korxona Lukoyl kompaniyasi bilan shartnoma tuzmoqda. Kompaniya mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimga asosan QQSning nol stavkasini qoʻllash koʻzda tutilganligini nazarda tutmoqda. Bizning shartnomamiz boʻyicha realizatsiya qilinadigan tovarlarga 12% QQS stavkasi bilan soliq solinishi koʻzda tutilgan. Bu holda korxona EHFni 12%, 0% QQS stavkasi bilan yoki QQSsiz taqdim etishi kerakmi? Agar xaridor bizga 12% QQS bilan shartnoma summasini toʻlasa, u QQSni byudjetdan qanday qaytaradi?» Vaziyatni «Norma»ning eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ...