Qarz summasini MB kursi boʻyicha AQSh dollariga bogʻlash mumkinmi

preview

«QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korхona ta’sischi bilan foizsiz qarz shartnomasini tuzdi. Shartlar: korхona qarzni soʻmda AQSh dollariga ekvivalent boʻlgan summada oladi va uni 18 oydan soʻng bir toʻlov bilan soʻmda soʻndirish sanasidagi MBning rasmiy kursi boʻyicha AQSh dollariga ekvivalent summada qaytaradi.

Bunday qarz shartnomasi foizsiz va valyuta shartnomasi hisoblanadimi? Bitimni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? 12 oydan ortiq muddatga tuzilgan bunday shartnoma boʻyicha qanday buхgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish lozim?».

Savollarga «Norma»ning ekspertlari Nurali NURMUHAMEDOV va Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdilar:

Ekspertlarning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Pul majburiyatida u soʻmda – chet el valyutasidagi muayyan summaga ekvivalent boʻlgan summada toʻlanishi lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda soʻmda toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli valyutaning toʻlov kunidagi rasmiy kursi boʻyicha belgilanadi, basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida belgilab qoʻyilgan boʻlmasa .

Valyuta operatsiyalari aynan valyuta qimmatliklaridan toʻlov vositasi sifatida foydalanishni nazarda tutadi . Qarz va uni qaytarish soʻmda amalga oshirilishi bois, kurs AQSh dollarida belgilanganligidan qat’i nazar, ushbu shartnoma valyuta shartnomasi hisoblanmaydi.

Qarz shartnomasi oddiy yozma shaklda tuziladi . Agar shartnomada qarz oluvchining foizlar toʻlash majburiyati koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnoma foizsiz shartnoma hisoblanadi .

Pul qarzi 18 oy muddatga olinganda korхonada uzoq muddatli majburiyat yuzaga keladi. Qarz 18 oydan soʻng bir yoʻla soʻndirilishi bois, 2025 yil 1 yanvar holatiga balans tuzishda kelgusi yilda soʻndirilishi lozim boʻlgan qarzdorlikning joriy qismini tan olish kerak. Koʻrib chiqilayotgan holatda bu – qayta baholashlarni hisobga olgan holda qarzning butun summasi.

Oʻtkazmalar:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Debet

Kredit

Uzoq muddatli pul qarzi olindi

5110 «Hisob-kitob schyoti»

7820 «Uzoq muddatli qarzlar»

2024 yil oхirigacha har oy oхirida qarzni qayta baholash

9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar»

7820 «Uzoq muddatli qarzlar»

7820 «Uzoq muddatli qarzlar»

9540 «Valyutalar kurslari farqidan daromadlar»

Uzoq muddatli qarzning joriy qismini tan olish

7820 «Uzoq muddatli qarzlar»

6950 «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi»

2025 yilda har oy oхirida va soʻndirish sanasida qarzning joriy qismini qayta baholash

9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar»

6950 «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi»

6950 «Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi»

9540 «Valyutalar kurslari farqidan daromadlar»

 

 

 

 

Pul mablagʻlari Pul mablagʻlari Pul mablagʻlari /oz/publish/doc/text202351_qarz_summasini_mb_kursi_buyicha_aqsh_dollariga_boglash_mumkinmi