Tavsiyada:
– muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari; – bitimni muddatli bitim sifatida tavsiflash; – muddatli bitimlarga soliq solish: muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha foyda soligʻi; QQS; – buxgalter uchun muddatli bitimlar bilan ishlash boʻyicha qisqacha ...
Tavsiyada:
– asosiy vositalarni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olish holatlari;
– balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadigan asosiy vositalarni hujjatlashtirish;
– balansdan tashqari hisobvaraqlarda asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi. ...
Tavsiyada:
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasiga qoʻshimcha toʻlovning buxgalteriya hisobini yuritish;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasiga qoʻshimcha toʻlovga soliq solish. ...
«Biz avtotransport vositalarini sotamiz. Yuridik shaxsdan keyinchalik yutuqli oʻyin gʻoliblariga sovrin sifatida topshirish uchun 3 ta avtomobil sotib olish boʻyicha soʻrov kelib tushdi. Biz bitim uch tomonlama shartnoma bilan rasmiylashtirilishini rejalashtirmoqdamiz: reklama aksiyasi tashkilotchisi avtomobillar qiymatini toʻlaydi, avtomobilga egalik huquqi esa bevosita aksiya gʻoliblariga rasmiylashtiriladi. Transport vositasi uchun hisobvaraq-ma’lumotnoma aksiya gʻolibi boʻlgan xaridor nomiga, EHF esa reklama aksiyasini tashkil etgan toʻlovchi –yuridik shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
Bunday vaziyatda aksiya gʻolibiga hisobvaraq-ma’lumotnoma va reklama aksiyasi tashkilotchisiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi toʻgʻrimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» ekspertlari, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari, soliq maslahatchisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA (ACCA DipIFR, CAP sertifikatiga ega) va yuriskonsult Nurali NURMUHAMEDOV javob berishdi: ...
Tashkilot ijaraga olingan binoni ijaraga beruvchiga qaytaradi. Bunda ijaraga oluvchi tomonidan sotib olingan asosiy vositalarning bir qismi xonada qoladi.
Ijaraga olingan bino qaytarilganda ijaraga beruvchida qoladigan AVlarni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Lola SULTONOVA javob berdi: ...
Kompaniya yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini bojxona imtiyozlarini qoʻllagan holda olib kirdi va ularni dastlabki holatida realizatsiya qildi. Xaridorlar transport vositalarini mustaqil ravishda qayta jihozladilar va konstruktiv oʻzgarishlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazdilar. Bojxona organlari tashkilotga AV tomonidan 19.11.2010 yilda 2156-son bilan roʻyxatga olingan Nizomning 57-1-bandiga asoslanib, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisida talabnoma taqdim etdi.
Agar avtotransport vositasi realizatsiya qilinganidan keyin uchinchi shaxslar tomonidan konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, import qiluvchiga bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash qonuniymi? Ushbu vaziyat yuzasidan Bojxona qoʻmitasi qanday javob berdi – buxgalter.uz saytida oʻqing: ...
Oʻzbekistonda allaqachon xorijiy korxonaga (MChJ) ega boʻlgan xorijiy ta’sischi yana bitta MChJni roʻyxatdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Ikkinchi korxonani tashkil etish xarajatlarini birinchi korxona hisobidan toʻlashni rejalashtirmoqda. Bu vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Bunday xarajatlarni birinchi MChJning buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish mumkin?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Tashkilot turar joy majmuasini quradi, bunda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlaydi. Bino 2-3 yildan beri qurilmoqda, amalda ozmuncha soliq toʻlanmayapti. Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi koʻrinishidagi xarajatlarni qurilayotgan binoning tannarxiga kiritish mumkinmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Mehnat intizomini buzganlik uchun xodimning ish haqidan ushlab qolamiz. Bu qanday buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Xodim vaxtaga kirgan kuni ishga kelmagan. Uni juda qiyinchilik bilan topdik, progullar va boshqa qonunbuzarliklar toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzdik, barcha hujjatlar asosida ishdan boʻshatamiz. Bunda u tilxat olib berilgan moddiy boyliklarni topshirmagan. Ishga kelmaganlik uchun ishdan boʻshatishda ushbu moddiy boyliklarning qiymatini yakuniy hisob-kitobdan qanday qilib toʻgʻri ushlab qolish mumkin? Xodimning yozma roziligi boʻlmasa, foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyasidan zarar summasini ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
Kompaniya tovarlarni boshqa tovarlarga bonus sifatida bepul berish uchun sotib olgan. Bu holda qanday buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish kerak?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Korxona (mehmonxona) oʻz faoliyatida koʻp miqdorda mebeldan foydalanadi. Qiymati BHMning 50 baravarigacha boʻlgan mebelni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida – kechiktirilgan xarajatlar (3290-hisobvaraq) orqali aks ettirgan holda hisobga olsa boʻladimi? Yoki bunday mebelni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish kerakmi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Aziza TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Xorijiy kompaniyaning doimiy muassasasida Oʻzbekiston mehnat qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari ish bilan ta’minlangan. DM kadrlar va buxgalteriya hujjatlari aylanishida chet ellik xodimning rezidentligi mamlakatidagi tasdiqlovchi markaz tomonidan berilgan ERI bilan imzolangan xodimlarning hujjatlarini (arizalar, mehnat shartnomalari, qoʻshimcha kelishuvlar, tushuntirish xatlari, buyruqlar va h.k.) qabul qilishi mumkinmi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi: ...
Korxonalar balansida bir necha yil oldin vujudga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobda boʻlgan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, kompaniyada 2023 yilda ba’zi mijozlardan boʻnaklar va boshqalardan qarzlar yuzaga kelgan. Ammo turli sabablarga koʻra ushbu mijozlar bilan bogʻlanishning imkoni yoʻq.
Bunday qarzdorlikni qancha vaqtdan keyin va qanday asoslarda hisobdan chiqarish mumkinligini «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ...
«Xodim 2026 yil 2 martdan 13 martgacha boʻlgan davrda ta’tilda boʻlgan. Ishlab chiqarish kalendariga muvofiq 8 mart – yakshanba, bayram kuni 9 mart, dushanba kuniga koʻchirildi. Ta’til pulini hisob-kitob qilishda xodimga koʻchirilgan dam olish kuni uchun haq toʻlanadimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» kadrlar xizmati rahbari va eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi: ...
«Kompaniya IT xizmatlarini koʻrsatadi. Oʻtgan yil davomida buxgalter sotilgan xizmatlar tannarxini shakllantirmagan: kalkulyatsiya tuzilmagan, tannarx hisob-kitobi amalga oshirilmagan. Daromadlar shartnomada va sotish uchun hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan summada aks ettirilib, keyinchalik 63 va 40-hisobvaraqlar yopilgan.
Soliq hisobotlarida toʻgʻri aks ettirish uchun 2025 yil uchun IT-xizmatlar tannarxini qanday aniqlash mumkin? Uni qaysi buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom Saidova javob beradi: ...
«MChJni oilaviy biznesga aylantirish mumkinmi? Agar shunday boʻlsa, qanday qilib?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «WISELEGAL» AB advokati va «Norma» eksperti Jamoliddin VAQQOSOV javob berdi: ...
«Bolgariya kompaniyasining Oʻzbekistonda tijorat faoliyati bilan shugʻullanish huquqisiz vakolatxonasi bosh ofis tomonidan xorijiy valyutada moliyalashtiriladi. Vakolatxonada Oʻzbekiston fuqarolari ham ishlaydi, ularga toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi. Vakolatxona xoʻjalik operatsiyalari hisobini chet el valyutasida – toʻlov kunida qayta hisoblagan holda yuritishi mumkinmi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Shuhrat XUDOYNAZAROV javob berdi: ...
«Korxona xizmatlar koʻrsatadi, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Faoliyatni yanada rivojlantirish uchun ta’sischi yirik veb-saytni ishlab chiqishga sarmoya kiritishga qaror qildi va ustav fondini oshirish hisobiga korxonaning hisob raqamiga 47 mln soʻm kiritdi. 2 oydan soʻng korxona hisob raqamiga ETTBdan veb-saytni ishlab chiqish xarajatlarini qoplash hisobiga 39 mln soʻm kelib tushdi. Kelib tushgan pul mablagʻlarini uning hisobiga – oʻz xarajatlarini qoplash hisobiga oʻtkazishni buyurdi. Buxgalteriyada bu operatsiya ilgari koʻpaytirilgan UFning kamayishi sifatida aks ettiriladi. Biz UFni toʻgʻri kamaytirdikmi va ta’sischi tomonidan ETTBdan pul mablagʻlari olib qoʻyilishi qonuniymi, bu mablagʻlar soliqqa tortilishi va hisobot berilishi kerakmi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom Saidova javob berdi: ...
«IT Park rezidenti boʻlgan korxona blogerlarni jalb qilib, SMM orqali oʻz dasturiy ta’minotini reklama qilmoqda. Ularning aksariyati oʻz xizmatlariga toʻlov ilovasi orqali haq toʻlashni soʻrayapti. Direktor oʻz bank kartasidan toʻlaydi, biz esa «biznesni rivojlantirish maqsadida» uning xarajatlarini qoplashimiz kerak. Bunday xarajatlarni qanday qilib toʻgʻri tasniflash mumkin? Ularni qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish kerak? Korxona va xodim uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Proobunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...