9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Korxona va Malayziya milliy korporatsiyasi oʻrtasida bilim va koʻnikmalar bilan almashish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Korporatsiya xodimlari Oʻzbekistonga kelganda, korxona ularning yoʻl va mehmonxonada yashash haqini toʻlaydi.
Biz qanday hujjatlarni rasmiylashtirishimiz kerak? Soliq oqibatlari yuzaga keladimi?».
Savollarga buxgalter.uz uchun maxsus Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Chet ellik mutaxassislarning yoʻl va yashash haqini toʻlash uchun safarning maqsad va vazifalarini koʻrsatgan holda buyruq chiqaring. Buyruqqa korporatsiya bilan safarni kelishish boʻyicha yozishmalar va tashrif dasturini ilova qiling.
Chet ellik mutaxassislarning yoʻl va yashash xarajatlari jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiradi
. Bu daromadlarga korxonangizda – soliq agentida JShDS solinadi
. Ijtimoiy soliq boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi
.
Agar siz chet ellik mutaxassislarga pul shaklida daromad toʻlamasangiz, JShDS ushlab qolinadigan manba mavjud emas. Bunday holda korxona soliqni byudjetga oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashga haqli, shu tariqa oʻzining soliq agenti majburiyatini bajaradi
.
Korxonaning jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari, shuningdek boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga olib boriladi
.
![]()