9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Korxona tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotdi. SKning 248-moddasi 5-qismiga asosan Oʻzbekistonga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Korxonada qoʻshimcha QQS hisoblanishi xavfi mavjud. Auditorlar mijozdan sababini soʻragashganda, u oʻz mijozlariga chegirma taqdim etayotgani bois tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotayotganini aytdi va oʻzining narx siyosatini sabab sifatida koʻrsatdi».
Tovarlarni tannarxidan va bojxona qiymatidan past narxda sotishda QQS boʻyicha qanday soliq xavflari yuzaga kelishini «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:
Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Amaldagi Soliq kodeksida realizatsiya qilish qiymati bilan realizatsiya qilinayotgan tovarlarning tannarxini solishtirish mavjud emas. Unda tovarlarni realizatsiya qilish qiymati ularning bozor qiymati bilan solishtiriladi. Bu – turli tushunchalar. Tovar tannarxi uning bozor qiymatidan yuqori boʻlib qoladigan vaziyatlar boʻladi.
Oʻzbekistonga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilishda soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas
.
Soliq toʻlovchi tovarlarni mijoz bilan kelishilgan narxda sotish, unga chegirmalar taqdim etish huquqiga ega. Ammo, agar tovarlarni realizatsiya qilishda QQS boʻyicha soliq bazasi olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan QQS hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlib qolsa, soliq toʻlovchi mustaqil ravishda farqdan qoʻshimcha QQS hisoblashi va oʻz mablagʻlari hisobidan uni byudjetga toʻlashi kerak. Aks holda buni soliq organi amalga oshiradi va sanksiyalar qoʻllaydi.
![]()