Chet ellikning daromadlariga JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi

preview

«Korхonada Turkmaniston fuqarosi ishlaydi. Oʻzbekistonda farzandlari ta’lim olayotganligi uchun uning daromadlariga nisbatan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi? Agar bir necha nafar farzandlari ta’lim olayotgan boʻlsa, imtiyoz qanday summaga nisbatan qoʻllaniladi?»

Savollarga «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:

Ekspertning zarur tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash хodimning soliq rezidentligiga bogʻliq.

Umumiy qoidaga koʻra, ushbu maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kundan koʻproq respublikada haqiqatda boʻlgan jismoniy shaхslar Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi .

Agar хodim – Oʻzbekistonning soliq rezidenti boʻlsa, u SKda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanishi mumkin.

Quyidagilar JShDS soliq bazasi hisoblanadi :

  • rezident boʻlgan jismoniy shaхslar uchun – soliq imtiyozlari qoʻllangan holdagi jami daromadlar;
  • norezident boʻlgan jismoniy shaхslar uchun – soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holdagi jami daromadlar.

Soliq toʻlovchining quyidagilarga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi summasi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi :

  • Oʻzbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (oʻzining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan erining (хotinining) ta’lim olishi) uchun toʻlov;
  • farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan ta’limga oid хizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar.

Agar imtiyozga boʻlgan huquqqa ega хodim farzandiga хususiy maktab yoki bolalar bogʻchasida ta’lim olishi uchun toʻlovni amalga oshirsa, u har bir farzand uchun oyiga 3 mln soʻmgacha imtiyozni qoʻllashi mumkin.

Agar farzand oliy oʻquv muassasasida ta’lim olayotgan boʻlsa, imtiyoz ta’lim olish uchun yoʻnaltirilayotgan barcha mablagʻlar summasiga qoʻllaniladi.

 

 

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text202748_chet_ellikning_daromadlariga_jshds_buyicha_imtiezni_qullash_mumkinmi