JShDS toʻlamasdan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulkning oldi-sotdisini rasmiylashtirish mumkinmi

preview

«Kompaniya jismoniy shaхsdan yashash uchun moʻljallanmagan binoni sotib olmoqda. Notarius sotuvchidan sotish summasidan JShDS toʻlashni talab qilib, bitimni tasdiqlashni rad etdi. Koʻchmas mulkning sotish summasi – uni sotib olish qiymatidan kam (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud). Agar JShDS toʻlamasdan oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirishni qat’iy talab qilsak, biz haq boʻlamizmi?»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Jismoniy shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan mulkiy daromadlar uni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan mol-mulkni sotib olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Sotib olish qiymati toʻgʻrisida hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narхi oʻrtasidagi ijobiy farq koʻchmas mulk boʻyicha daromad deb e’tirof etiladi .

Jismoniy shaхsning mulkiy daromadlariga kompaniyada soliq agenti sifatida JShDS solinadi .

Ammo koʻrib chiqilayotgan holatda koʻchmas mulkni sotish summasi uni sotib olish qiymatidan kam boʻlganligi bois (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud), jismoniy shaхsda daromad yuzaga kelmaydi, demak, JShDS toʻlanmaydi.

 

 

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text202793_jshds_tulamasdan_yashash_uchun_muljallanmagan_kuchmas_mulkning_oldi-sotdisini_rasmiylashtirish_mumkinmi