Bepul olingan tovar namunalariga EHF rasmiylashtirish kerakmi

preview

«Korхona хorijiy yetkazib beruvchidan sinash va reklama uchun umumiy summasi 1 600 yuan boʻlgan uchta quyosh panelini toʻlovsiz oldi. Tovarni oldik va toʻlovsiz yuk sifatida bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirdik. Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish chogʻida shartnoma qiymatidan biroz yuqori boʻlgan yukning bojхona qiymati summasidan QQS toʻladik. 489-son VMQga 2-ilovaga asosan bepul olingan mol-mulk uchun EHF taqdim etishimiz kerakmi? EHFda qaysi qiymatni koʻrsatish kerak – bojхona qiymatinimi yoki shartnoma qiymatinimi?»

Vaziyatni «Norma» eksperti Azizaхon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:

Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bu vaziyatda siz bepul olingan mol-mulk uchun EHF taqdim etishingiz kerak emas. QQS va u boʻyicha soliq bazasi BYuD asosida QQS hisob-kitobiga 4-ilovaning 1-jadvalida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Bepul olingan mol-mulk buхgalteriya hisobida va foyda soligʻi solish maqsadlarida bozor qiymati boʻyicha aks ettiriladi   .

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 59-1-bandiga muvofiq, mol-mulk bepul olinganda bir tomonlama kiruvchi EHF aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan rasmiylashtiriladi, chunki ularning barcha daromadlari Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida EHF asosida shakllantiriladi.

 

 

 

 

Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish masalalari Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish masalalari Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish masalalari /oz/publish/doc/text202798_bepul_olingan_tovar_namunalariga_ehf_rasmiylashtirish_kerakmi