«Javob beramiz» xizmatiga foydalanuvchidan uch tomonlama shartnoma boʻyicha buyurtmachi xizmatlarni olib, ularning haqini toʻlaydigan, ijrochi amalda xizmatlarni koʻrsatadigan, pul mablagʻlari esa uchinchi tomonga oʻtkaziladigan holat yuzasidan savol kelib tushdi.
Bunday holda kim elektron hisobvaraq-fakturani (EHF) taqdim etishi kerak va oʻzaro munosabatlarning bunday sxemasi qanchalik qonuniy ekanligi xususida «Norma» eksperti Lola SULTONOVA tushuntirish berdi. ...
Tashkilot boshqa yuridik shaxsning UFdagi ulushini sotib oladi. UF ulushining bir qismi yuridik shaxsdan (50%), ikkinchi qismi esa jismoniy shaxsdan sotib olingan. Ikkala bitim ham nominal qiymatda amalga oshirilgan. Ulushni sotuvchi yuridik shaxs nominal boʻyicha sotuv summasiga hisobvaraq-faktura taqdim etishi kerakmi? Jismoniy shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yetarlimi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
Lizing oluvchi oraliq toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan. Lizing kompaniyasi lizing toʻlovi summasining bir qismini kechiktirilgan penyani toʻlash uchun oʻtkazdi. Lizing beruvchi lizing oluvchiga muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha penyaga EHF taqdim etishi kerakmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«NNT oftalmologiya boʻyicha xalqaro konferensiyalar oʻtkazadi. Ularning ishtirokchilaridan homiylik yordami kelib tushadi. NNT bank hisobvaragʻiga kelib tushgan homiylik yordami summalariga EHF taqdim etish kerakmi?» ...
«14.08.2020 yildagi 489-son VMQga muvofiq qoʻshimcha hisobvaraq-faktura 1 yil davomida, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa - kafolat muddati doirasida rasmiylashtiriladi. Agar bu muddatlar oʻtib ketgan boʻlsa va yetkazib beruvchi rouming operatorlari orqali texnik jihatdan qoʻshimcha EHF (manfiy) yubora olmasa, TMBni yetkazib beruvchiga qaytarishni qanday rasmiylashtirish mumkin? Tashkilotlar yetkazib beruvchiga standart EHF joʻnatishi mumkinmi, ular qabul qilingan shartnomani koʻrsatib? «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonundan kelib chiqib va «iqtisodiy mohiyatning shakldan ustunligi» tamoyiliga tayanib, bizning holatda TMBni qaytarishni standart EHF bilan rasmiylashtirish mumkin deb hisoblaymiz».
Buxgalter bunday vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqida obunachining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA tushuntirib berdi: ...
«Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi toʻliq EHF asosida toʻldiriladi. Oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining minimal stavkalari va shartnomaviy ijara toʻlovi oʻrtasidagi farq summasi Hisob-kitobning 1-ilovasi 0205-satrida aks etishi uchun bu summaga bir tomonlama EHFni rasmiylashtirish kerak. Lekin biz qaysi EHFni rasmiylashtirish kerakligini tushuna olmayapmiz. Boshqa daromadlar uchun EHF tegishli MXIKga ega emas».
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Tuman gaz ta’minoti tashkiloti oʻtgan yildan beri oʻzlarining ichki qaroriga asoslanib, EHF taqdim etmayapti va tabiiy gaz iste’molini cabinetaskug.hududgaz.uz havolasidagi shaxsiy kabinetda hisobga olmoqda. Tabiiy gaz aynan shu kabinetdagi elektron hisobotga muvofiq yetkazib berilmoqda. EHF boʻlmagani sababli biz bu xarajatlarni hisobga ololmayapmiz. Bunday vaziyatda tabiiy gaz xarajatlarini qanday hisobga olish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Xaridor joʻnatilgan tovar uchun toʻlovni amalga oshira olmaydi, faqat uni qaytarishi mumkin. Lekin joʻnatuv bir yildan ortiq vaqt oldin boʻlgani sababli, biz tovar qaytarishiga EHF rasmiylashtira olmaymiz. Har ikkala korxona QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi».
Xaridor tovarni bir yildan ortiq vaqtdan soʻng qaytarganda va tovar qaytarishiga EHF rasmiylashtirib boʻlmaydigan vaziyatda nima qilish mumkinligini Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ...
«Korxona sement sotib oladi. Oy oxirida yetkazib beruvchi pul chegirmasi taqdim etadi va uning summasiga «minus»li EHF taqdim etadi. Bu toʻgʻrimi? Bunday chegirmani olishni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Oʻzbekiston korxonasi norezidentga bojxona tranziti tartibi ostidagi xorijiy tovarni yetkazib berish boʻyicha ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston – Xitoydan Afgʻonistonga tovar tashishning oraliq tranzit uchastkasi. Tovar Oʻzbekistonga kelish joyidagi bojxona organidan Oʻzbekistondan chiqish joyidagi bojxona organigacha, keyin Afgʻonistonga tashiladi. Ekspeditorlik xizmatlariga, xususan, brokerlik xizmati, Toshkentda bojxona rasmiylashtiruvi va Oʻzbekiston orqali tranzitda terminal xarajatlarini toʻlash kiradi.
Oʻzbekiston hududi orqali Afgʻonistonga tovar tranzitida ekspeditorlik xizmatlariga QQS qanday solinadi? Hisob-fakturalar qanday rasmiylashtiriladi?»
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal etish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona - QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Hisobvaraq-fakturalarning shakllari va ularni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 59-1-bandiga muvofiq kurs farqlari boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirish kerakmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Ishlab chiqarish korxonasining QQS toʻlovchi guvohnomasi 11.09.2024 yildan toʻxtatildi. Biz ishlashni davom ettirayotgan amaldagi shartnoma mavjud - xom ashyo sotib olamiz, mahsulot joʻnatamiz. Guvohnoma faol boʻlmagan davrda EHF taqdim etish va kiruvchi EHFlarni qabul qilish mumkinmi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Kompaniya «Toshkent» RFBda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi. Soliq idorasi QQS boʻyicha hisobotda realizatsiyani aks ettirishni soʻramoqda. Kompaniya qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha EHF taqdim etilmasligini, savdo qoidalariga koʻra xaridor va sotuvchi bir-birini koʻrmasligini tushuntirmoqda. Shuningdek, bu operatsiyalar qonunchilikka muvofiq QQSdan ozod qilingan va maxfiy xususiyatga ega. Ammo soliq inspektorlari bu holatni tushunmayaptilar va tushunishni istamayaptilar, faqat «qanday qilib EHF yoʻq?» deb soʻrashmoqda.
Maxfiylik mezoni hisob-fakturani taqdim etmaslik uchun asos boʻla oladimi? Agar EHF taqdim etilmasa, QQS boʻyicha hisobotda realizatsiyani qanday aks ettirish kerak?»
Vaziyatni «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Shuhrat XUDOYNAZAROV tushuntirib berdi: ...
«Korxona xorijiy yetkazib beruvchidan sinash va reklama uchun umumiy summasi 1 600 yuan boʻlgan uchta quyosh panelini toʻlovsiz oldi. Tovarni oldik va toʻlovsiz yuk sifatida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirdik. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish chogʻida shartnoma qiymatidan biroz yuqori boʻlgan yukning bojxona qiymati summasidan QQS toʻladik. 489-son VMQga 2-ilovaga asosan bepul olingan mol-mulk uchun EHF taqdim etishimiz kerakmi? EHFda qaysi qiymatni koʻrsatish kerak – bojxona qiymatinimi yoki shartnoma qiymatinimi?»
Vaziyatni «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ...