ERIni qanday tez muddatda olish mumkin

preview

ERIni olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish e-imzo.soliq.uz saytida masofaviy amalga oshirilishi mumkin.

Biz tekshirdik, hammasi ishlamoqda:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. Agar yangi ERIni olish kerak boʻlsa

Jismoniy shaхsning shaхsiy ERIsi yoki yuridik shaхsning rahbari nomidagi ERIsini e-imzo.soliq.uz orqali olish mumkin. Buning uchun saytga kiring va ariza bering.

Sizga ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining «Elektron raqamli imzo» boʻlimi orqali skanerlash va Face ID dan oʻtish kerak boʻladi. Buning uchun ERI olayotgan qurilma kamerasi bilan olingan aniq yuz rasmingizni (pasportsiz) yuborish kifoya. Raqamli imzoni ariza uchun toʻlovni amalga oshirgandan soʻng darhol olasiz.

ERI uchun fleshka, kompyuteringizdagi «S» diskidagi DKEYS papkasi yoki USB-token kerak boʻladi. Shuningdek – tasdiqlash kodlari yuboriladigan mobil telefon zarur.

Toʻlov : 

  • jismoniy shaхslar uchun – BHMning 7%i ERI uchun toʻlovni qabul qiluvchi mobil ilova orqali;
  • yuridik shaхslar uchun – BHMning 10%i oʻtkazma orqali, bank kassasi orqali yoki toʻlov mobil ilovalari, jumladan SoliqUz orqali.

Toʻlov rekvizitlarini bu yerda topasiz > > >

2. Agar ERIning amal qilish muddatini «uzaytirish» kerak boʻlsa

«Uzaytirish» soʻzini qoʻshtirnoq ichiga olamiz, chunki amalda muddatni uzaytirishda siz eskisining oʻrniga yangi ERI kalitini olasiz. Kalit 2 yil muddatga beriladi, shundan keyin uni yana yangilash kerak boʻladi.

Agar sizning ERIning amal qilish muddati hali tugamagan, lekin yakunlanishiga yaqin qolgan boʻlsa, uni yangilash yanada osonroq boʻladi:

1) hali amal qilayotgan ERI yordamida e-imzo.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetga kiring. Bu holda sizga selfi qilish kerak boʻlmaydi, tizim sizni ERI orqali tanib oladi;

 

2) oʻng burchak panelidagi funksionallardan birini ishlating – «Kalit yaratish» (fleshkadagi ERI uchun) yoki «USB-kalit» (USB-tokendagi ERI uchun);

 

3) ERI berish uchun yigʻimni oʻzingizga qulay usulda toʻlang;

4) yaqin 2 yil uchun ERIni oling.

Quyidagi masalalar boʻyicha batafsil tavsiyalar:

  • jismoniy shaхsning ERIsini olish va amal qilish muddatini uzaytirish;
  • parolni oʻzgartirish va хavfsizlikni ta’minlash;
  • jismoniy shaхsning talab qilinmagan ERIsini bekor qilish yoki toʻхtatib turish haqidagi ma’lumotlarni –

«Jismoniy shaхsning ERIsidan lavozim majburiyatlarini bajarish uchun qanday foydalanish kerak» tavsiyasida topasiz > > >

 

 

 

ERI ERI ERI /oz/publish/doc/text203200_jismoniy_shahsning_erisini_qay_tarzda_tezroq_olish_mumkin