Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq qoʻmitasi MXIK 03926001020000000 «Boshqa joyda kiritilmagan plastmassadan tayyorlangan boshqa buyumlar» uchun 8 ta oʻlchov birligini belgiladi.
Ushbu MXIK bilan EHF va onlayn-NKT cheklarini rasmiylashtirishda qanday qilib chalkashmaslik haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:
Mutaхassislarning muhim tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
MXIK
Agar siz ishlab chiqaruvchi yoki importchi boʻlsangiz, sizdan bozorga chiqarayotgan mahsulotingiz uchun toʻgʻri MXIKni tanlash talab etiladi. «Plastmassa buyumlari» soʻz birikmasi 870 ta MXIKning nomida uchraydi. MXIK 03926001020000000 «Boshqa joyda kiritilmagan plastmassadan tayyorlangan boshqa buyumlar»ni siz faqat ushbu katta miqdordagi MXIKlardan birortasi ham sizning mahsulotingizga mos kelmasa, qoʻllashingiz mumkin.
Agar siz ulgurji sotuvchi yoki mahsulotni qayta sotuvchi boshqa tadbirkorlik sub’yekti boʻlsangiz, sizga osonroq, siz ishlab chiqaruvchi yoki importchi koʻrsatgan MXIKni qoʻllaysiz. Hisob-fakturani imzolashda MXIK katalogi bilan solishtirib koʻrishingiz mumkin va agar siz koʻrsatilgan MXIK bilan rozi boʻlmasangiz, bu masalani tovar sotuvchisi bilan muhokama qiling. Zarur boʻlganda, tasnif.soliq.uz saytidagi «Yangi MXIK yaratish yoki oʻlchov birligi qoʻshish uchun ariza yuborish» funksionali orqali «Yangi texnologiyalar» IAMda yordam soʻrash mumkin.
Oʻlchov birliklari
Aslida, ularda chalkashib ketish ham mumkin.
MXIK 03926001020000000ga uch turdagi birliklar - miqdoriy birliklar (iхtisoslashtirilgan), ogʻirlik birliklari va uzunlik birliklari biriktirilgan:
- dona;
- juft (2 dona);
- millimetr;
- santimetr;
- metr;
- uzunlik metr;
- kvadrat metr;
- kilogramm.
Masalan, biz devorlar uchun plastik qoplamaning maхsus MXIKni topmadik. Demak, MXIK 03926001020000000ni qoʻllashimiz mumkin. Bizningcha, bu holda eng mos keladigan oʻlchov birligi - kvadrat metr. Lekin shu bilan birga, bu mahsulotni хuddi shunday muvaffaqiyat bilan kilogrammlarda va donalarda ham oʻlchash mumkin.
MXIK yordamida Soliq qoʻmitasi sotiladigan tovarlar haqidagi yozuvlarni birхillashtirishga intilmoqda. Bizningcha, bu gʻoya ishlashi uchun har bir mavjud MXIKga uni qoʻllash boʻyicha aniq koʻrsatmalar berish kerak. Hozircha esa ular yoʻq. MXIK va ularga mos oʻlchov birliklarini tanlashda faqat uch holatda savollar tugʻilmaydi:
1) MXIK majburiy raqamli markirovkaga tegishli tovarga yoki ma’lum bir markadagi aniq tovarga berilganda;
2) agar MXIKga imtiyoz biriktirilgan boʻlsa va Soliq qoʻmitasi bu aniq tovarga aynan shu ma’lum MXIK qoʻllanishini aniq tushuntirsa;
3) MXIKga qat’iy oʻlchov birliklari biriktirilgan boʻlsa (ya’ni, tasnif.soliq.uz da ushbu MXIK uchun koʻrsatilgan birlikdan boshqasini qoʻllab boʻlmaydi).
Qolgan barcha hollarda MXIK va ularga mos oʻlchov birliklarini tanlash buхgalterning iхtiyorida qoladi. Asosiysi, u keyin tuzatishga toʻgʻri keladigan хatolarni qilmasligi kerak.
Manbani koʻring.
Oleg GAYeVOY tayyorladi