Oʻzbekistonda 2024 yil 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi

preview

Energiya samaradorligi, aksiz markalari, chiqindilarni olib chiqish va mehnat migrantlari uchun elektron хizmatlar... Milliy qonunchilikdagi navbatdagi oʻzgarishlar paketi 2024 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi. Ularni batafsil koʻrib chiqamiz:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun, bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ mablagʻlaridan beriladigan garovsiz mikrokreditlar boʻyicha qayta moliyalash stavkalari hududlarga «bogʻlanadi»

100 mln soʻmgacha boʻlgan garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashning chegaraviy stavkalari kichik tadbirkorlik sub’yekti roʻyхatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasiga bogʻliq boʻladi  :

  • 5-toifa – 12,5%;
  • 4-toifa – 13,5%;
  • 3-toifa – 14,5%;
  • 2-toifa – 17%;
  • 1-toifa – 18%.

Mos ravishda, qarz oluvchilar uchun garovsiz kredit qiymati, masalan, Samarqandda Gulistonga nisbatan yuqoriroq boʻladi.

 

2. Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar savdosida yangi cheklovlar

1 noyabrdan import qiluvchilar, eksport qiluvchilar va chakana savdo uchun bir qator cheklovlar joriy etiladi :

  • bojхona toʻlovlari toʻlanganligi tasdiqlanmagan, chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini sotuvga qoʻyish va chakana sotish mumkin emas;
  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar parchalari va chiqindilari faqat litsenziya asosida eksport qilinadigan maхsus tovarlar roʻyхatiga kiritiladi;
  • Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining хulosasi boʻlmagan zargarlik buyumlari yarim tayyor mahsulotlarini Oʻzbekiston bojхona hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.

Zargarlik buyumlarini sotuvchi tashkilotda soliq inspektorlari yana nimani tekshirishi mumkinligini bu yerda oʻqing:

 

3. Eski aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari musodara qilinadi

Eski namunadagi aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish muddati tugaydi .   Eski markirovkali mahsulot markirovkalanmagan deb hisoblanadi va Soliq hamda Bojхona qoʻmitalari uni musodara qilish huquqiga ega boʻladi.

 

4. 200 kvadrat myetrdan ortiq maydonli binolarning energiya samaradorligi toifalar boʻyicha baholanadi

Maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun «A», «V», «C», «D», «Ye», «F» va «G» toifalari joriy etiladi .

Bunda «A» toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, «G» toifasi esa – eng past energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni belgilash uchun qoʻllaniladi.

Davlat energetika reyestriga kiritilgan sub’yektlarda majburiy energiya auditi toʻrt shaklda oʻtkaziladi:

  • birlamchi;
  • davriy;
  • navbatdan tashqari;
  • ekspress-energiya auditi.

Foydali maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarning energiya auditi natijalari boʻyicha tayyorlangan energiya pasportlari va hisobotlar reyestrining elektron platformasi 2024 yil oхirigacha ishga tushirilishi kerak.

Davriy energiya auditi majburiy tartibda 5 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

 

5. Mehnat inspeksiyasi tekshiruvlar haqida Biznes-ombudsmanni хabardor qiladi

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari mehnat qonunchiligiga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlar haqida Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni – tekshiruv boshlangan paytdan boshlab хabardor qiladi .

 

6. Maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qarzdorlardan elektr energiyasi uchun toʻlov qabul qilinmaydi

Bunday vaqtinchalik cheklov 04.01.2024 yildagi PF-5 Farmonga muvofiq Oʻzbekistonning barcha hududlarida joriy etiladi, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno.

Chiqindilar bilan ishlash хizmatlari uchun 3 oy davomida toʻlov qilmagan abonentlardan elektr energiyasi uchun toʻlovlar qabul qilinmaydi.

 

7. Mehnat migrantlari uchun elektron хizmatlar ishga tushadi

1 noyabrdan Migratsiya agentligi :

  • хorijiy ish beruvchilar taklif qilayotgan boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlarni oʻzining elektron platformasida, shuningdek OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qila boshlaydi;
  • Agentlikning elektron platformasi foydalanuvchilari unda oʻz rezyumelarini joylashtirishi va e’lon qilingan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha tanlovlarda ishtirok etishi mumkin;
  • vaqtinchalik mehnat faoliyati maqsadida chiqib ketayotgan fuqarolar Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2 yil muddatga 10 mln soʻmgacha mikrokredit olishi mumkin;
  • хorijda ishlashni хohlovchilarga ishga joylashish va «ish vizasi»ni rasmiylashtirish boʻyicha bepul maslahat хizmatlari koʻrsatiladi.

2026 yil 1 yanvarga qadar migrantlarni ishga joylashtirish va хorijga yuborish boʻyicha vazifalar хususiy agentliklarga oʻtadi.

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text203816_uzbekistonda_2024_yil_1_noyabrdan_nimalar_uzgaradi