II guruh nogironi mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllashi mumkin

preview

«II guruh nogironining mulkida kvartira va dala hovli bor. U kvartira (60 kv.m) uchun mol-mulk soligʻini toʻlashda imtiyozdan foydalanadi. II guruh nogironi bunda dala hovli uchun mol-mulk soligʻini toʻlashi kerakmi?»

Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» servisi mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Biz javob beramiz!» pullik bazasidan olingan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.

 

– Ha, toʻlashi kerak.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning mulkida boʻlgan 60 kvadrat metrgacha boʻlgan mol-mulk jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz:

  • pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida taqdim etiladi ;
  • mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk ob’yektiga tatbiq etiladi .

Binobarin, II guruh nogironligi boʻlgan fuqaro imtiyozni kvartiraga nisbatan qoʻllasa, dala hovli uchun mol-mulk soligʻini toʻlashi kerak.

Bundan tashqari, dala hovliga oid mulk huquqini belgilovchi hujjatlarni oʻrganib chiqish kerak, toki ushbu koʻchmas mulk ob’yekti turar joy fondiga tegishli ekanligini aniqlash mumkin boʻlsin. Agar dala hovli yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk boʻlmasa, mulkdor oʻz хohishiga koʻra imtiyoz qoʻllash uchun koʻchmas mulk ob’yektini tanlash huquqiga ega emas. Imtiyoz faqat yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulki hisoblangan kvartiraga nisbatan qoʻllanishi mumkin.

 

 

 

 

Mol-mulk soligʻi Mol-mulk soligʻi Mol-mulk soligʻi /oz/publish/doc/text203914_ii_guruh_nogironi_mol-mulk_soligi_buyicha_imtiezni_qanday_qullashi_mumkin