Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi

preview

«Korхona - QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Hisobvaraq-fakturalarning shakllari va ularni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 59-1-bandiga muvofiq kurs farqlari boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirish kerakmi?»

Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.

 

– Hisobvaraq-fakturalarning shakllari va ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq – soliq solish ob’yektini aniqlash maqsadida bir tomonlama EHF boshqa daromadlarga rasmiylashtiriladi. Ularning roʻyхatiga valyuta hisobvaraqlari boʻyicha musbat kurs farqining manfiy kurs farqidan oshishi kiradi.

Bu daromad realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanmaydi va shunga muvofiq QQSga tortilmaydi .

Foyda soligʻini hisoblashda valyuta boyliklari, chet el valyutasidagi talablar va majburiyatlarni qayta baholashda (bahosini tushirishda) yuzaga keladigan kurs farqi quyidagicha kiritiladi:

  • ijobiy –jami daromadga  ;
  • salbiy –хarajatlar tarkibiga  .

Bunda soliqqa tortish maqsadida berilgan (olingan) boʻnaklar qayta baholanishidan yuzaga kelgan kurs farqi hisobga olinmaydi.

Kurs farqi foyda soligʻi hisob-kitobida qoʻlda aks ettiriladi:

  • ijobiy – hisob-kitobga 1-ilovaning 130 va 131-satrlarida;
  • salbiy – I–III choraklar uchun hisob-kitobga 2-ilovaning 0114-satrida va yil uchun hisob-kitobga 2.1-ilovaning 0313-satrida.

Hisobvaraq-fakturalar shakllari toʻgʻrisidagi nizomning 59-1-bandiga muvofiq bir tomonlama EHFlar soliq solish ob’yektini aniqlash maqsadida rasmiylashtiriladi. Foyda soligʻi toʻlovchilarda valyuta hisobvaraqlari boʻyicha musbat kurs farqining manfiy kurs farqidan oshishini aniqlash zarurati yoʻq. Shuning uchun kurs farqlari boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirish ham kerak emas.

E’tibor bering

Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblashda jami daromadga musbat va manfiy kurs farqlari oʻrtasidagi saldo (farq) kiritiladi. Agar manfiy kurs farqi musbat kurs farqidan oshsa, ular oʻrtasidagi farq aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirmaydi .

Ijobiy saldo aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning («Umumiy daromadlar») 040 va 0404-satrlarida – taqdim etilgan bir tomonlama hisobvaraq-fakturalar asosida avtomatik tarzda aks ettiriladi. Salbiy saldo hisob-kitobda aks ettirilmaydi.

 

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text204122_qaysi_hollarda_kursdagi_farqlar_buyicha_bir_tomonlama_hisobvaraq-faktura_rasmiylashtiriladi