Xodim xorijdagi xizmat safarida kasal boʻlsa

preview

«Xodim 5 kun davomida xorijda xizmat safarida boʻldi. Safar davomida kasal boʻlib, davolanishga 500 AQSh dollari sarfladi. Rahbar bu xarajatlarni qoplashga qaror qildi. Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» 

Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Olga BUSAROVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasini toʻliq koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.

 

Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlariga yuborilganda safar xarajatlari uchun mablagʻ berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda kasallik paytidagi toʻlovlar va kunlarni hisobga olish haqida hech narsa aytilmagan. Bu xorijiy davolash muassasasi sizning xodimingizga mehnatga layoqatsizlik varaqasini bera olmasligi bilan bogʻliq .

Shunga koʻra, korxona unga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlay olmaydi . Agar kasallik paytida u xizmat safari topshirigʻini bajarmagan boʻlsa, bu kunlar uchun ish haqi ham toʻlanmaydi.

Xodimning arizasi va rahbarning roziligi asosida siz xodimga davolanish xarajatlari uchun kompensatsiyani me’yordan ortiq sutkalik toʻlov  yoki moddiy yordam  koʻrinishida berishingiz mumkin. Bu toʻlov mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad sifatida xodim daromadiga kiritiladi  va unga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda ijtimoiy soliq solinadi.  

Ushbu holatda xodimning davolanish uchun olgan daromadlari boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkin emas, chunki imtiyoz sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida qoʻllaniladi .

E’tibor bering

Agar xodim xizmat safari paytida mehnat majburiyatlarini bajarish vaqtida sogʻligʻiga zarar yetkazilgan boʻlsa, u ish joyiga qaytgach, Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarida koʻrikdan oʻtishi kerak. Va uning kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga muvofiq u zararni qoplash boʻyicha toʻlovlarni olish huquqiga ega boʻladi .

 

 

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text204336_hodim_horijdagi_hizmat_safarida_kasal_bulsa